Bangkokdagi ilon fermasi va ilonlar shousi

Ilon fermasi

Qizil Xoch hamjamiyati qaramog’idagi Bangkok ilon fermasi ilon zahridan dori tayyorlash va tadqiq qilish bilan shug’ullanadi. San Pauludagi (Braziliya) ilon fermasidan keyin ikkin o’rinda turuvchi maskan 1923 yilda ochilgan. Ferma bog’ida kichik zoopark hamda shou-ko’rgazma maydoni mavjud bo’lib, bu yer hozirgi kunda sayohatchilar gavjum bo’ladigan joylardan biri hisoblanadi.

Fermadagi doktorlar ish kunlari soat 11:00 da ilonning zahrini olish jarayonini ko’rsatishadi, 14:30 da esa ferma hodimlari ilonlarni navbatma-navbat qo’yib yuborib, ular haqida ma’lumot berishadi. Ilonlarning agressivligi va odamlarda ularga nisbatan bo’lgan qo’rquvi tanishtiruvni shou darajasiga ko’tarib yuboradi.

Biz yakshanba kuni fermaga borganimiz uchun faqat shouni ko’rishga muvaffaq bo’ldik. Boshlovchi ingliz tilida dastlab ferma haqida, qachon va nima maqsadda tashkil etilgani haqida gapirib o’tdi.

Keyin esa ilonlarni navbati bilan sahnaga olib kelishdi. Ba’zi qiziqarli lavhalarni quyida ko’rib chiqasiz:

  1. Qirol kobra. Izoh yozib o’tirishga hojat yo’q.
  2. Qirol kobrani olib chiqib ketib, siam kobrasini olib kelishdi:
  3. Ferma hodimi atayin kobralarning jig’iga tegmoqda:
  4. Sariq qora ilon:
  5. Agressiv ilon. Har sakraganida odamlar ham qalqib tushishardi:

Bundan tashqari bir necha kichikroq ilonlar ko’rsatildi.

Ko’rgazma so’nggida odamlar sariq bo’g’ma ilon bilan rasmga tushishdi:

Yarim soatdan ortiq davom etgan ko’rgazmadan so’ng, parkni aylanib chiqdik:

Bonus: