Vat Arun – budda ibodatxonasi

Taylandda aholining asosiy qismi azaldan buddizmga e’tiqod qiladi, shu sababli ham budda ibodatxonalarini ko’plab uchratish mumkin. Ulardan eng qadimiysi – Vat Arun bo’lib, hozirgi mashhur turistik obyektlardan biri hisoblanadi. Binosi khmer uslubida qurilgan. Qizigʻi – ehrom budda ibodatxonasi boʻlishiga qaramay, Arun nomi hind afsonasidan olingan.

Ibodatxonaga borish uchun Chao Phraya daryosi bo’ylab qatnaydigan kema transporti qulay vosita hisoblanadi. Kemalarning 5 xil turi bo’lib, olovrang kema ham arzon, ham tez yuradi. Yo’lkira narxi 20 bat.

Orange boat - tezyurar arzon kema
Orange boat – tezyurar arzon kema
Chao Phraya daryosi
Chao Phraya daryosi

Ibodatxonaga kirish 100 bat. Shortik, yubka va ochiq koftalarda kirishga ruxsat berishmaydi, qiziqqon sayyohlar kiraverishda sotiladigan keng ayollar lozimini sotib olib, kiyib keyin ham kirishadi 😀

Eshikdan kirishda taylarning hayot tarzi shiori bo’lmish «Don’t worry, be happy» siymosidagi tillarang  semiz amaki haykali turadi.

Tillarang haykal
Tillarang haykal. Ha aytganday, anavi – lozim kiygan erkak sayyoh 😉

Odamlar budda haykalini rasmga olishmoqda. Darvoqe, budda haykalchalarini suvenir qilib mamlakatdan olib chiqib ketish mumkin emas ekan. Shuningdek, budda boshini tatuirovka qilib tushirib olishdan qaytaruvchi yozuvlar ham o’rnatilgan.

Budda

Ha mayli, haykallar o’z yo’liga. Ibodatxona binolari tomosha qilishga arziydi.

Asosiy binoning tashqi tarafi birnecha qavatdan iborat, lekin faqat 2-qavatga chiqish mumkin. Tepasiga qulf osib tashlangan. Shunday qilishmasa sayyohlar tepaga o’rmalab ketgan bo’lishardi:

Haykallar qo’l mehnati. Hech qanday «copy/paste» yo’q.

Mayda detallarigacha naqsh berilgan:

Vat arun tarixiy binolari ishlamaydi, ichiga kirib ham bo’lmaydi, uning yaqinida qo’shimcha yangiroq bino ishlaydi. Ichida katta budda bor. Ichkariga kirmadim, eshik oldidan rasmga oldim.

Hovli sahni:

Ekskursiya bir soatdan ortiq davom etdi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!

Fikr bildirish