10 kunga Toshkentga borib keldim

Samolyot oynasidan

10 kunga uyga borib keldim.

Xulosalar:

  • Ota-onam, yaqinlarim, qarindoshlar, do’stlar – ular mening vatanim. Ularni sog’ingan ekanman.
  • Milliy taomlarimiz – eng zo’ri!
  • Ob-havo… Uzr, O’zbekiston «jannatmakon» emas 😛
  • Toshkent ko’chalaridagi «archa-bayram» lampochkalar va noodatiy shakllar – qisqa qilib aytganda, rivojlanishni imitatsiya qilishyapti. Avval yashash uchun qulaylikni oshirishga e’tibor qaratish kerak.
  • Internet – sekin, lekin chidasa bo’ladi.
  • Youtube va Facebookga blok qo’yish – rasvogarchilik! Yana ham achinarlisi, hech kim javobgarlikni bo’yniga olishni, biror ma’lumot berishni istayotgani yo’q. Filtrga VPN manzillarni ham qo’shib borishyapti. Bir kun ishlagan VPN ertasiga ishlamadi.
  • Bizdagi turistik agentliklar Taylandni faqat sohil bo’yida plavkada yugurib yurgan odamlarning rasmi bilan reklama qilishadi. Aslida Taylandning turistik yo’nalishlari, boriladigan joylari juda ko’p.
  • Nima import qilsa bo’ladi? Qattiq hom mango yaxshi yetib borsa kerak. Mango 7-10 kun dimlansa yoki issiqda tursa, yumshab shirin maza kiradi.
  • O’zimizdan nima eksport qilish mumkin? Bilmadim, bargak yoki mayizdir. Yong’oq, yeryong’oq bor, boshqa mevalar ham bor. Bizdagi kabi mevalar Avstraliya va Yangi zelandiyadan import qilinadi.

Qaytishda katta Boing 757-300ER da 30-40 tacha odam uchdik. Uzairways Bangkokga parvozlar sonini oshirgan (Taylandda sayyohlik mavsumi boshlandi), lekin sayohatchilar hali ko’p emas. Turistik viza bilan borayotgan «ishchi» qizlar ko’p.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!

Fikr bildirish