Karyera, Linkedin va rekruiterlar

Karyera, linkedin va rekruiterlar

Odatda blogda karyera haqida ko’p yozmayman, ammo tajriba davomida menda yig’ilib qolgan foydali ma’lumotlarni berib borish zarar qilmasa kerak.

Karyera

Hozir ham rawpixel foto-stok startapida dastur injeneriman. Saytning 85-90% frontend qismida mehnatim singgan. Hozirda fevral oyida jamoamizga qo’shilgan Janubiy Afrikalik Maykl ham frontendga yordam bermoqda. Frontendda JS kodni ES6 sintaksisida yozamiz, shablonlar uchun MustacheJS ishlatamiz. CSS uchun Tailwind + PostCSS. Icon-fontlarni generatorda yasaymiz. Barchasini Webpack + Gulp da kompilyatsiya qilamiz. Kelajakda Reactga o’tkazish niyatimiz bor, faqat yangi o’zgarishlardan ortib saytni Reactda yozib chiqishga vaqt yetmayapti.

Backendning asosiy qismi afsuski hamon Drupalda. GET zaproslar uchun Nodejs API, POST zaproslar uchun Drupal API endpoint ishlatamiz. Media fayllarni Amazon S3 da saqlaymiz, rasmlarni Imgix orqali thumbnail’larini olamiz. Bundan tashqari backendda microservislar ishlab turadi.

Dasturlash muhiti uchun Docker‘dan foydalanamiz. Relizlarni Jenkins‘da chiqaramiz.

To’lov uchun Taxamo + Stripe. Taxamo tanlangan billing davlatga qarab, o’sha davlat stavkasidagi soliqni generatsiya qiladi. Stripe podpiskalar uchun juda qulay.

Proyekt uchun Agile metodologiyasidan foydalanamiz. Vazifalar Trello‘da beriladi. Korporativ chat uchun Slack‘ni ishlatamiz.

Keyingi oy rawpixelga kelganimga 2,5 yil bo’larkan. Meni bu yerga nima bog’lab turipti? Birinchi navbatda, tajribali, adekvat dasturchilar va yaxshi team-leaderning borligi. O’rganadigan narsalarim hamon ko’p, backendda Stack, Microservices‘ni o’rganishim kerak. System design – katta tizimlarni loyihalash bo’yicha bilimim ham yo’q. rawpixeldagi missiyam kamida proyektning frontend qismini Reactga o’tkazgunimizcha davom etishiga umid qilaman.

Tprogerda «Как попасть в Google: инструкция по подготовке» maqolasini o’qib, Google’ga ishga kirishga harakat qilib ko’rmoqchi bo’ldim. Dastlab Leetcode‘da masalalar yechishni boshladim. Ungacha behavioral job interview‘ga ham tayyorlangandim. Leetcode’da 75tacha masala yechgandan keyin motivatsiya yo’qoldi. Shunchaki AQSHga borishni xohlamayapman.
UPD: Algoritmlar va ma’lumotlar tuzilmasini o’rganishni boshladim.

Mavzu bo’yicha: Yashash va ishlash uchun qulay shaharlar.

Linkedin

Linkedin profilimga Bangkokdagi rekruiterlardan ish takliflari kelib turadi. rawpixelga bog’lanib qolganim uchun ularga keyingi yilgacha ish joyimni almashtirmoqchi emasman, deb aytaman.

O’tgan yili FoodPanda Singapore taklifiga jiddiy qiziqdim, intervyudan o’tmadim lekin. Ularga Go dasturchi ko’proq zarur ekan. Men Go’ni endi o’rganishni boshlagandim.

Yanvarda eski tanish rekruiter yana Sofiyaga (Bolgariya) ishga chaqirdi. Millatchi shahar va yana Drupalga qaytish – yo’q, uzr.

So’nggi vaqtlarda Linkedin’da o’zbek dasturchilaridan connection request’lar ko’payib qoldi. Dasturchilar ko’payvotgani uchun xursandman, 8-9 yil oldin Toshkentdagi dasturchilar bir birimizni yaqindan bilmasakda, 1-2 aloqa orqali kim bilandir birga ishlagan bo’lib chiqardik.