VPNni taqiqlash haqidagi qonun loyihasiga munosabat

AKT Vazirligi-Ministry of ICT-Мининфоком tashabbusi bilan ba’zi qonun hujjatlariga o’zgartirish kiritish bo’yicha qonun loyihasi ishlab chiqilipti. Undagi e’tiborga molik jihat – tarmoqqa noqonuniy kirganlik uchun jazo choralarini tayinlash ko’zda tutilgan. Oddiy til bilan aytganda, VPN yoki proksi ishlatib, O’zbekistonda ochilmaydigan saytlarga kirishni taqiqlashmoqchi.

Jinoyat, jazo va adolat

O’zbek axborot media yetkazib berish resurslarimiz rivojlanib borib, kundalik hayotimizda informatsiyaga chanqoqlikni qondirishni uddasidan chiqishyapti. Afsuski ular berayotgan ma’lumotlar ichida jinoyatga oidlari, mudhish qotilliklar borki, «xalqimiz iymon-e’tiqodli, muruvvatli, ma’naviyati mustahkam» deb yoqa yirtuvchilarni ham ovozini o’chirishga, o’ylashga majbur qiladi.

Urush

«1941-yil 22-iyun erta tongda nemis fashistlari xiyonatkorona bostirib kelishdi va 2-jahon urushi boshlandi». Maktabning boshlang’ich sinfida ikkinchi jahon urushi haqidagi hikoya shu tarzda boshlanardi.

Ijtimoiy reklama

Men ijaraga olgan uyda televidenie antennasi o’rnatilmagan, ammo uyning egasi internetga ulana oluvchi smart tv qo’yib ketgan ekan. Shu bois ba’zan Youtube’dan nimalardir ko’rib turaman.

Otam… (xotiralar)

Ota va bola

Ramazon oyining qachon boshlanib, qachon tugashini taqvimda kuzata turib, 2-iyun sanasi ostida otamning 53 yoshga to’lishlari haqidagi eslatmaga ko’zim tushdi. Bir zum seskanib ketdim, otam 60 ga qarab ketyaptilar!..

Uchrashuv

To’y. Chiroyli tarzda bezatilgan restoran mehmonlarni kutib olmoqda. Kelin-kuyovning kelishi uchun barchasi muhayyo. Restoran ichi yal-yal yonadi, ayniqsa kelin-kuyov o’tiradigan stol atrofi turli xil gullar bilan bezatilgan. Mehmonlar esa to’yning boshlanishini sabrsizlik bilan kutishmoqda.

Talabalar

Uxlayotgan talabalar

Haydovchimiz Abror o’zining «Zangiota-Otchopar» yo’nalishi bo’yicha qatnashga mo’ljallangan Damas mashinasida ertalab semiz-ozg’in yo’lovchilarni bozorga olib kelib tashlagach o’qishga keladi va bir kun avval kechasi bo’lib o’tgan choyxona yoki qandaydir munosabat bilan o’tkazilgan yig’ini sababli chala qolgan uyqusini orqa partalardan biriga cho’zilgancha hech kimga xalaqit bermay, ya’ni xurrak otmay davom ettiradi.

SSDdagi bir kun

Dasturchilarning ish boshlashi o’ziga xos, ajoyib. Ular, ish vaqti 10:00 da boshlanadigan ofisga 11 laga yaqin ko’z ishqalab birin-ketin sudralib kirib kelishadi va kecha kechqurun (va tunda) bo’lib o’tgan voqealarni muhokama qilishga vaqt qizg’anib darrov kompyuter va noutbuklarini yoqqan holda ishga kirishib ketishadi.