Bangkok. 7 oydan so’ng

Xorijda ishlash fikri 2017-yil noyabrda, Kuala-lumpurdagi bir oylik xizmat safaridan so’ng paydo bo’lgandi. Hozirgi ish joyim Drupal-dasturchilar uchun mo’ljallangan jobs.drupal.org dagi bir necha vakansiyalar orasida bor bo’lgan, aniqrog’i Rawpixel stok-foto provayder kompaniyasi rezyumeni ko’rib chiqib, intervyu belgilagan.

Yo’qolgan futbol jamoasi

Bu Taylandning shimoliy chegarasi yaqinidagi, Don Nang (afsonaga ko’ra nomi «Uxlayotgan ayol») tog’i etagida joylashgan Tam Luang g’ori, aniqrog’i g’or tizmasi. Uning yuzasi bir necha kilometrga cho’zilgan. Ichida qadimgi budda ibodatxonasi ham bor va g’or Taylanddagi juda ko’p turistik maskanlardan biri hisoblanadi.

Chipta sotib olish va O’zbekiston havo yo’llari

Chipta qidirish uchun odatda Skyscanner xizmatidan foydalanaman. Xizmat mashhur chipta sotuvchi saytlarni tekshirib chiqadi va eng arzon variantlarni ko’rsatadi. Albatta Toshkentdan Bangkok, Malayziya yoki Singapur uchun eng arzon chiptalar «O’zbekiston havo yo’llari»da bo’ladi, sababi O’HY yuqoridagi shaharlarga to’g’ridan-to’g’ri reys tashkil etgan va ushbu reyslarda raqobatchilardan holi.

Taylanddagi seven eleven do’konlari

Seven-eleven kichik do’konlar (mini-marketlar) tarmog’i Seven-Eleven Japan Co., Ltd. boshqaruvidagi, dunyoning 18 mamlakatida asosan franchayzing sifatida ishlovchi biznes operator. Taylandda 7-eleven shahobchalari 10 mingdan ortiq bo’lib, dunyo bo’yicha AQSH va Yaponiyadan keyin uchinchi o’rinda turadi.

Tayland-Xitoy o’yini haqida

Ertalab championat.asia saytida yangiliklarni o’qib borayotib, hisoblar ruknida Tayland-Xitoy o’yini haqidagi e’longa ko’zim tushib qoldi. Bangkokdagi xizmat safarim davomida ancha vaqtdan beri shaharda futbol bo’lsa ko’rgani tushaman deb rejalashtirib yurganim sababli, internetdan uchrashuv haqidagi yangiliklarni o’qib chiqdim…

Bangkok milliy muzeyidan lavhalar

P.s. Aslida to’liq maqola qilmoqchi bo’lib borgan edim, ammo yarmi budda haykallari bilan, yarmi o’tgan qirollarning hayotidan olingan eksponatlar bilan to’ldirilgan muzeydan hafsala pir bo’ldi 😀

Singapurga safar. 1-kun (1-qism)

Changi aeroportidayoq kayfiyatni ko’taruvchi yengil bekground-musiqa hamrohingiz bo’ladi. Aeroport bekorga 6 yildan beri dunyoning eng yaxshisi bo’lib qolayotgani yo’q. Qulay, chiroyli, toza – shunday ta’rif eng qisqa va to’g’risi bo’lsa kerak.