Bangkok. 7 oydan so’ng

Xorijda ishlash fikri 2017-yil noyabrda, Kuala-lumpurdagi bir oylik xizmat safaridan so’ng paydo bo’lgandi. Hozirgi ish joyim Drupal-dasturchilar uchun mo’ljallangan jobs.drupal.org dagi bir necha vakansiyalar orasida bor bo’lgan, aniqrog’i Rawpixel stok-foto provayder kompaniyasi rezyumeni ko’rib chiqib, intervyu belgilagan.

Macbook, Windowsdan MacOSga o’tish

Rawpixel ofisidagi birinchi ish kunida bosh dasturchi Vensan (Vincent) Samsung noutbukimni ko’rgach, bu yerda hech kim Windows kompyuterdan foydalanmasligini aytib, 12 dyumli Macbook bergandi. Planshetdan sal kattaroq ekranga ega noutbukda kod yozish uchun bukchayib, o’tirishga to’g’ri keladi, umuman noqulay.