Ibn Battuta haqida
Ibn Battuta haqida video ko’rib qoldim va uni shu yerda qoldirmoqchiman 😉Â
Dasturchi, frilanser, gik va introvert
Ibn Battuta haqida video ko’rib qoldim va uni shu yerda qoldirmoqchiman 😉Â
Deyarli bir xil o’tayotgan kunlardan eslashga nimadir qolishi uchun, shanba kuni Samarqandni aylanib keldik.
Oktyabr oyi o’rtasida, ishxonadan olingan 2 haftalik dam olish kunlarida Toshkentda sandiroqlab yurmasdan, Umra ziyorati va Rosululloh S.A.V.ning qabrlarini ziyorat qilishni niyat qildik.
Har bir mamlakatning ostonasi – poytaxtning bosh aeroporti mamlakatning holati haqida dastlabki tasavvur chiqarishga yordam beradi. Bo’m-bo’sh Sukarno Hatta aeroportining 2-terminali kaminada oldinda zerikarli shahar kutayotgani hissiyotini uyg’otdi.
UzAirways’ning Bangkokga reyslari haftasiga ikkitagacha kamaygani sababli, hafta ohirida Bangkokga uchish uchun AirAstana’ning Toshkent-Almati-Bangkok reysiga chipta olishga majbur bo’ldim. Ikki kompaniyaning chiptalari orasidagi farq $20 orasida edi. Deyarli bir xil narxdagi chipta AirAstana va UzAirways’ni solishtirish imkonini beradi.
Chipta qidirish uchun odatda Skyscanner xizmatidan foydalanaman. Xizmat mashhur chipta sotuvchi saytlarni tekshirib chiqadi va eng arzon variantlarni ko’rsatadi. Albatta Toshkentdan Bangkok, Malayziya yoki Singapur uchun eng arzon chiptalar «O’zbekiston havo yo’llari»da bo’ladi, sababi O’HY yuqoridagi shaharlarga to’g’ridan-to’g’ri reys tashkil etgan va ushbu reyslarda raqobatchilardan holi.
Londonni Temza daryosi kesib o’tsa, Bangkokni Chao Phraya daryosi bo’lib yuboradi. Daryoda 5 xil turdagi kema turi faoliyat ko’rsatadi.
Bangkokdagi birinchi hafta ham o’tdi. Bu vaqt orasida hayotimda quyidagi o’zgarishlar bo’lib o’tdi: Ko’chada pishiriladigan taomlarga ancha o’rganib qoldim. Barbekyuda pishiriladigan baliqning mazasi ajoyib!
Ofisga ketaverishda, 8-10 daqiqalik yo’lda xona gullari sotadigan do’kon bor edi. Toshkentga qaytish oldidan u yerga kirib chiqishga ulgurdim. 🙂