Öqituvçilar kuni
Bugun öqituvçilar kuni! Men faqat onamni tabrikladim xolos))
Ijtimoiy tarmoqda köpçilik ustozini tabriklayapti, borib holidan xabar olaylik undan köra, baraka topgurlar. :-)
Birinçi öqituvçimni 2 yil oldin (balki undan köp) körgani boruvdik, katta bölib dunyoqaraş, fikrlaşimiz özgargan, şunga öqituvçimni hozirgi yoş öquvçilarining qilgan işlarini etib berişlari bizga "ğalati" tuyulgan edi. 20yildan ortiq davomida 7-10 yoşli bolalar bilan işlaşi, ularga mehr berişi öqituvçimni "bolajon"ga aylantirib qöygandi manimça. Hozir nafaqadalar, nevaralarini öynatib yuradilar.
Boşlanğiç sinfdan juda yaxşi xotiralar qolgan. Sinfboşi edim, öqituvçi çiqib ketganda bollaga dars ötib turardim. Öqituvçi yöqligi bilinmasdi.
Boşlanğiç sinfdan örta sinfga ötgaç, 5-sinfdan keyin, qafasdan çiqib ketgan maymunlani (köçma ma'noda albatta) boşqarişning iloji bölmay qolgandi. Sinfning özini qanaqa tutişi öqituvçi/kuratorga boğliq ekanini his qigandim öşanda.