WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Aquaria KLCC

qisqichbaqa

Aquaria KLCC - 250 dan ortiq turdagi, 5000 ga yaqin suv jonzotlarini o’z ichiga olgan ulkan okeanarium bo’lib, 2005-yilda foydalanishga topshirilgan. Bu yerda Malayziya va boshqa davlatlardan keltirilgan suv hayvonlari bor.

Kirish kattalar uchun $17, 3 yoshgacha bolalar uchun bepul. Mastercard va Visa kartalari qabul qilinadi.

dengiz chig'anoqlari

baliq

qisqichbaqa

qisqichbaqa

O'g'lim Zokirjonga baliqlar yoqdi :)

Zokirjon baliqlarni tomosha qilyapti

ulkan akvarium

baliq

baliq

baliq

ochiq akvarium

baliq

Okeanariumning asosiy qismi - katta akvarium. Akvarium yo’lakchasiga gorizontal eskalator o’rnatilgan. Bitta joyda turgancha akvariumni tomosha qilib aylanib chiqish mumkin.

akula

katta baliq

baliq

akula

ilonbaliq

skat

Pozitiv baliqlar :-D

masqaraboz baliq

Skatlar:

skat

skat

skat

baliq

skat

baliqlar

Toshbaqa

baliq

baliq

baliq

Meduzalarning turlari ko’p, ular orasida chaqishi o’limga olib boradiganlari ham bor. Meduzalarning 1-2 chaqishi inson hayotiga xavf tug’dirmasligi mumkin, ammo 10tadan ortiq chaqish allergik shokni keltirib chiqaradi va hayot uchun xavfli holatga olib keladi. Ko’pgina dengiz bo’yidagi plyajlarda meduzalardan himoyalanish uchun dengizga yaqin qismida to’r tortib qo’yiladi.

meduza

meduza

Dengiz otlari. Qorni kattalari bolalar tug'ish arafasida.

dengiz oti

Dengiz otlarida ota bolalarni tug’arkan!))

Selfi ;)

Okeanariumda tirik jonzotlardan tashqari, katta akulalarning jag’ suyaklari va har xil eksponatlar ham qo’yilgan. Devorlarda qiziq faktlar va baliqlar haqida ma’lumot beruvchi posterlar mavjud.