WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Ijtimoiy reklama

31870889_1704276809641207_3681038554676330496_o
Men ijaraga olgan uyda televidenie antennasi o'rnatilmagan, ammo uyning egasi internetga ulana oluvchi smart tv qo'yib ketgan ekan. Shu bois ba'zan Youtube'dan nimalardir ko'rib turaman. Aksiga olib Youtube har videoning boshlanishida tay tilida reklama qo'yib boradi. Ammo gap nima haqida ketayotganini tushunib olish mumkin, ko'pincha inglizcha subtitrlari ham chiqadi. Ba'zilarini esa "pop" etib ohirida mahsulotning rasmi chiqmaguncha ijtimoiy video yoki klip deb o'ylaysiz - qizig'i o'sha "ijtimoiy video" ko'proq esda qoladi. Ijtimoiy reklama mavzulari asosan oila, ota-onaga muhabbat, yaxshilik haqida bo'ladi (ularda ham oila qadriyati mavjud). Quyida ba'zi reklamalarni ko'rib baho berishingiz mumkin: 1. "Noma'lum qahramon". Talaba (yoki oddiy ishchi), yaxshilik qiladi, rahmat kutmaydi. Unga qilgan yaxshiligidan xursandchilik va hotirjamlik hissi yetib tursa bo'ldi. https://www.youtube.com/watch?v=632CHpeHYZE Sug'urta kompaniyasining reklamasi 2. "Insonlarga bir tomonlama baho bermang!" Bozor egasining harakatlari haqida. https://www.youtube.com/watch?v=MxxKUikZ7YY CP va 7-11 reklamasi 3. "Orzu". Jajji bolakayning kosmonavt bo'lish orzusi. Ohiri menga ham alam qildi https://www.youtube.com/watch?v=a2lv_Xl1e4U Kiatnakin Bank 4. "Mening dadam yolg'onchi". Ko'zimda yosh bilan ko'rdim. Otalar farzandining kamoli uchun barchasiga tayyor bo'lishadi. https://www.youtube.com/watch?v=GmHzsXO1EZg Metlife 5. "Barcha harajatlar 30 yil avval to'langan." Yaxshilik va sadaqaning foydasi https://www.youtube.com/watch?v=iVrQqWIs6ZE TrueMove mobile operatori 6. "Onalar ishi hech qachon tugamaydi". https://www.youtube.com/watch?v=9JSxru9TZfs Nestle 7. "Axlat tozalovchi supermen" https://www.youtube.com/watch?v=9-B7SIVseO0 Thai Life Insurance 8. "Senga g'amxo'rlik qilish hayotimdagi eng katta sovg'a" https://www.youtube.com/watch?v=XFkcT2hBJJ0 9. "Anna uchun duo qil!" Tayland turistik reklamalari ichida eng yaxshisi bo'lsa kerak. Virus reklama. https://www.youtube.com/watch?v=g-9V2SkcGao 10. "Omadsizlik muvaffaqiyatning bir bo'lagi" https://www.youtube.com/watch?v=fLihulDy0mY Energetik ichimlik 11. "Ona, qiz va ananas" https://www.youtube.com/watch?v=uxDG5T8NDdI Hozircha shular. Yana yangilari chiqsa alohida yig’ib qo’yaman.