Taylanddagi seven eleven dökonlari

Ötgan hafta Kuala Lumpurdan qaytganimda keç bölib ketgandi, şuning uçun muzlatgiçni tekşirişga, ertangi rözaning ğamini yeyişga hafsala bölmadi. Ertalab turib esa pişirişga tuxum ham, non ham qolmaganligini kördim. Oğiz yopişga yarim soat bor, qayerda ovqatlaniş mumkin? Albatta seven-eleven'da!
Seven-eleven kiçik dökonlar (mini-marketlar) tarmoği Seven-Eleven Japan Co., Ltd. boşqaruvidagi, dunyoning 18 mamlakatida asosan françayzing sifatida işlovçi biznes operator. Taylandda 7-eleven şahobçalari 10 mingdan ortiq bölib, dunyo böyiça AQŞ va Yaponiyadan keyin uçinçi örinda turadi.
Dökonlar 24 soat işlaydi, Bangkokda ular har bekatda bor. Dökonlarda kundalik ehtiyoj uçun kerak böladigan deyarli barça narsani topsa böladi. Bu yerda issiq kofe va kruassanlar bilan nonuşta qiliş; tuşlikka muzlatgiç-polkada turgan tayyor ovqatni olib, isitib yeyiş; keçqurunga sendviç, gamburger yoki lapşa oliş mumkin.
Quyida siz dökondan nimalar topiş mumkinligini bilib olasiz. ;)
Issiq ovqat
Gamburger topiş uçun Makdonalds qidiriş şartmas, 7-11 da turli xil gamburgerlar mavjud.

Gamburger tanlaşda albatta halol yorliği borligiga e'tibor bering. Halol gamburgerlarni (umuman kolbasa va boşqa göşt mahsulotlarini ham) CP kompaniyasi mahsulotlari orasidan topiş mumkin. Rasmda CP-burgerlar pastki qatorda turipti.
Muzlatilgan ovqatlar muzlatgiçda tölib yotgan bölsada, tanlov katta emas. Lekin oç qolmaysiz albatta. :-D Guruç va aççiq qaylali ovqatni olsa böladi, uning yorliği mavjud (rasmini keyinroq qöyaman).
Kassa yonida esa sosiska pişiradigan uskunasi bor, 30 smli sosiskalar pişiradi. Ba'zilarining içida pişloq qöşilgan böladi, mazasi zör! Sosiskalar böyiça tanlov katta. Pişloqli, garmdorili, baliqdan tayyorlangan sosikalarni topiş mumkin. Özbekistondagi kolbasaçilar mahsulot xilma-xilligini oşirişlari uçun tayyor imkoniyat.

Ha-ya, lapşalar:

Har safar olganimda qaylasini nomiga qöşaman deb, baribir aççiq qilib yuboraman. Aççiği oğizdan boşlab ohirigaça kuydiradi!
Tuxumning esa turi köp, aniqroği rangi. Özimizda uçraydigan odatiy oq va sariq pöstli tuxumlardan taşqari puşti va qora ranglisini uçratsa böladi. Qorasi uzoq vaqt nimaladir qilib tayyorlanadi. Noodatiylarini tatib körmadim, oşqozonim uçun yangilik bölsa kerak.
Sok, kofe va içimliklar
7-11da nima içmoqçi bölsangiz özingiz tayyorlab olasiz.

Kofe-maşina:

Taylandliklar energetik içimliklarni bizdan köra köproq yaxşi körişsa kerak. Darvoqe, Red Bull'ning asil vatani - Tayland. Uning retsepti Taylanddan Avstraliyaga keltirilgan.
M150 ni özbek futbolining aşaddiy işqibozlari eşitişgan. U23 terma jamoamiz ötgan yili Taylandda ötgan M150 kubogi musobaqasida finalda yaponlarni yengib, çempion bölişgandi.

Bular mevalarning suvlari, şakar qöşilmagan:

Proteinlar (şularni tatib körişga heç hafsala bölmadi):

Brands (tayça yozuvida nima deb öqiladi, bilmayman). Rosa reklama qilişadi. Qaldirğoç uyasi, meva ekstraktlari, tovuqning nimasidandir tayyorlanadi (qanday qilib?...):

Sut mahsulotlari. Öglim keçasi sut içganida Meiji brendidan olardik. Bir kuni adaşib pastdagi polkada turgan olovrang va yaşilidan oldim. Toza sut emas, meva mazasi qöşilgan içimlik ekan. Özimizga ham öğlimga ham yoqib ketdi.

Non, şirinliklar va çips
Nondan faqat toster-nonni (sendviç) topasiz.

Quritilgan mevalar (quritilmaganlari mazaliroq albatta, bir martalik tatib körişga oliş mumkin):

Yaşil narsa - dengiz ötidan tayyorlangan çips. Yeyolmadik, bölmağur narsa:

Har xil şirinliklar bor, taylandliklarning şakarga allergiyasi bormi, quyidagilarni şirinlik deb bölmaydi, bemaza köpçiligi:

* * *
Dökonda ovqat qiliş uçun zarur bölgan yoğ, guruç, tuz, şakar, va h.k. topsa böladi. Nima uçundir unni uçratmadim. Sabzavotlar yöq.
Quyidagi rasmdagi konservalarning faqat baliğini tatib kördim, bemaza:

Kremga öxşaş idişdagi jigarrang suyuqlik - asal :-)

Yaşil şokolad. Kök çoy mazasi bor. Odatiy şokoladlardan köra original ta'm. Toşkentga borganimda Dars'dan oborgandim, uydagilarga yoqqan.

Bular çoy:

Muzqaymoqlarda tanlov katta:

Apteka
Dökonda kiçkina apteka burçagi bor. Masalan, kiçik tayoqçalar - myata hidli hidlagiçlar şamollaganda asqotadi, ofisdagilar işlatayotganda körgandim. Özim işlatib körmadim, Toşkentdan kelgan dorilar turipti, Hudoga şukur. Tayland havosi toza, havoda mikrob kam şekilli, bizda şamollaş kamdan-kam kuzatildi.
Tay-balzam (yoki tayger-balm) olti-burçakli idişda, oğriqlarga davo. Yaxşigina qizdiradi. Şamollaganimda ayolim aqllilik tajribasizlik qilib undan böynimga surgandi, 5 daqiqadan söng lovullatib qizartirib yuborgan. Teri qalinroq joyga va aynan oğriyotgan joyiga suriş kerak ;-)



Bular har xil plastirlar. Ba'zilari isitmani tuşiradi:

Boşqa buyumlar
Mayda foydali buyumlar:

Texnika burçagi:

Boşqa xizmatlar
Boşqa xizmatlar turlari ham köp:
- kassada mobil telefon uçun pul tölaş
- internet paket sotib oliş
- sim-karta oliş
- elektr energiyasi va boşqa kommunal tölovlarga pul tölaş
- onlayn dökonlar uçun hisobni töldiriş
- onlayn dökon - Lazada'dan sotib olingan tovarni qaytariş
Dökon taşqarisida bankomat bor.