Krabiga sayohat. 2-kun. 4 orolga ekskursiya

Sayohatning ikkinchi kuni avvaldan rejalashtirilganidek, 4 orolga sayohat bo’ldi. 4 orol – Koh Tub, Koh Poda, Chicken Island va Phranang g’orli plyajdan iborat ekskursiya. Narxi bir kishi uchun 460 bat ($15). Mehmonxonadan olib ketib, qaytarib olib kelib qo’yishadi.

Ekskursiyani Klook mobil dasturidan yoki websaytdan buyurtma qilish mumkin:
https://www.klook.com/activity/1433-4-islands-day-tour-krabi/

Ertalab 8:30 da mehmonxonadan olib ketishadi va Noppharat Pier – pirs yaqinidagi o’rmonchada sayohatchilar yig’iladi.

Ro’yxatdan o’tkazish va tushuntirish yakuniga yetgach, kemalarga chiqiladi.

Ekskursiya kemalarining ikki turi bor: longtail boat va speedboat. Longtail boat sekinroq suzadi va ko’p chayqaladi, uning narxi arzonroq.

Noppharat pirs:

Sayohat boshlandi!

Koh Tup

Birinchi orol – Koh Tup ga yaqinlashib qoldik. Suvning tiniqlashganiga e’tibor beryapsizmi? 🙂

Orol juda kichik, yagona do’kondan boshqa hech narsa yo’q, yovvoyi tabiati saqlanib qolgan. Masalan, orol o’rmoniga kirishda echkemarni ko’rdim.

Ko’pchilik o’rmonga chiqib o’tirmaydi ham, qirg’oqdagi manzaraning o’zi ajoyib!

Video:

Suvdagi baliqlar ko’p, aksariyati akvarium-baliqlar.

Koh Tup’da bir soatga yaqin bo’ldik.

Chicken Island

Chicken orolida qirg’oqqa chiqqanimiz yo’q. Orol yaqinida snorkeling uchun qulay maydonlar bor.

 

Jilet va ochkini kemada berishadi.
Afsuski suv ostida ishlaydigan kamera yo’q, suvosti manzaralari ajoyib!

Koh Poda

Poda oroli biroz kattaroq. Bu yerda ham oq qum, tiniq suv. Relax…

Orolning uzoqroq qirg’og’ida to’lqinlar kattaroq.

Phranang plyaji

Pranang plyaji suvosti qumi yirik, oyoqqa botadi. Ehtiyot bo’lib harakatlanish kerak.

4 ekskursiya shu tariqa yakunlandi. 17:00 ga yaqin mehmonxonaga qaytdik.

 

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!

Fikr bildirish