Uch o’git videosi haqida

 

Telegramdagi guruhda ko’rganim – uch o’git videosi haqida ba’zi fikrlar:

Videodagi rivoyat qadimgi zamon haqida ekan. Yigit kutubxonaga (!) boripti. Uch tanga ishlab topipti 😁

U 3 tangadan ancha ko’p ishlab topgan (bo’lishi mumkin edi).

Qadimda kitoblar qo’lda yozilgan, nusxa oladigan apparat bo’lmagan. Kitoblar kam bo’lgan, shuning uchun kitoblar faqat podshoh saroylaridigi kutubxonalarda yoki boylarni uyida kolleksiya qilib yig’ilgan. Qisqasi, kitob qimmatbaho aktiv bo’lgan. Yigit ilm olishning tekin imkoniyati bo’lgan joyga borib, yana noligan ekan. 😂

Qadriyatlar har xil shunchaki. Kimdadir pul topish, kimdadir ilm topib ilmi oqibatida pul topish.

Bugungi dunyoda

Rivojlangan davlatlarda mutaxassis bo’lib ishga kirishda faqat necha pul topishi muhokama qilinmiydi. Oylik bilan birga qanaqa imtiyozlar, nima o’rganish mumkin, karyerada nima o’sish bo’ladi – bular ham muhokama qilinadi.

Shartli ravishda, oyiga $1000 to’laydigan firmadan ko’ra, oyiga $900 to’laydigan va karyera uchun tekinga o’quv treninglari tashkil qiladigan firmaga borib ishlash ma’qul bo’ladi. Chunki mutaxassis bilim va tajribasini oshirgan holda 3-4 yildan keyin, $1300 oylik oladigan firmaga ishga kirishi mumkin bo’ladi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!