Bangkokda salondan Mazda 2 avtomobilini olib chiqish

19-iyul, yakshanba. Internetda Mazda avtomobillari uchun 25% dastlabki to’lov va 5 yilda 0% shartida bo’lib to’lash imkoniyati haqida reklama berishayotganiga ko’zim tushgan edi. 0% stavkada olish qiziqtirib qo’ygani uchun, Mazda saloni oldidan o’tib ketayotganda kirib chiqdim. Hayriyatki, salonda ingliz tilini biladigan hodim bor ekan, aksiya shartlarini tushuntirib berdi. O’ylab ko’raman deb chiqib ketdim. 🙂

* * *

20-iyul, dushanba. Diler aloqaga chiqdi. Aksiya 31-iyulgacha davom etadi, o’ylab ko’rishizga ko’p vaqt qolmayapti deydi :))
– Ok, avtomobilga yana nimalar qo’shib berasizlar?
– Keling, gaplashamiz.

Kechqurun salonga bordim. Mazda 2 S pozitsiya, 637000 bat ($20,000). Avtomobil sub-compact sedan. Boshqa raqobatchilaridan menga yoqqan ustunliklari:
– Apple CarPlay/Android Auto ni podderjka qiladigan 7 dyumli touchscreen multimedia qurilmasi
– Eshik, rul va torpedkada kojannaya obshivka ishlatilgan
– kruiz kontrol

Mazda 2 reklamalari pleylisti:

Motor expo 2019 da olingan o’zimizning qisqacha sharh: 😉

 

Qo’shimcha qilib, tekinga:
– 1 yilga birinchi klass straxovka (deyarli barcha hodisalarni qoplaydi)
– 60% lik tonirovka
– bagajga kovrik
– 3 marta tekin ko’rik (har 10,000 kmda)
– nomer va nomer ramkasi
– 3 yil garantiya.

Yaxshi taklif!

* * *

21-iyul, seshanba. Rassrochka uchun hujjatlarni yubordim. Ma’lum bo’lishicha, chet ellik birinchi marta rassrochkaga sotib olayotganda kafillikka Tayland fuqarosi bo’lishi kerak ekan. Meni kim kafillikka oladi? :))
– Bo’lmaydi, men hech kimdan kafillik so’ramoqchi emasman. Ikki yildan beri rasman oylik olaman, soliq to’layman, ijara to’lovlarini vaqtida to’laganman. Ishonmasangiz, sizni to’g’ri tushunaman.
– 30% dastlabki to’lov, 5 yilga 2% yillik stavka, bo’ladimi?
– Yo’q, uzr. 0% bo’lgani uchungina Mazda’ga keldim.

– Ok, 5 yilga 0%, lekin 30% dastlabki to’lov, to’g’ri keladimi?
«Hm… 25% da 160,000 bat to’lardim ($5000), 30% da $1000 ko’p bo’lar ekan».
– Aha bo’ladi.
Ok, hujjatlarni bankga yuboraman, qachon kelib-ketishga vaqtiz bo’ladi?
– Shanba kuni.

– Shanbada bank hodimi Bangkok Motor Show ko’rgazmasida bo’larkan. Juma kuni ishdan chiqib kela olasizmi?
– Ok, kelishdik.

* * *

24-iyul, juma. Oldinda qirolning tug’ilgan kuni va karantin sabab qoldirilgan Songkran bayrami qo’shilib, 4 kunlik dam olish kuni kutib turgani uchun, Bangkok asta-sekin bo’shamoqda. Shu bilan birga, ko’chalardagi tirbandlik natijasi o’laroq, Google Maps shaharni to’q-qizil rangda ko’rsatib turipti. 4 km uchun avtomobilda 40 minut yuradigan bo’lsam, avtomobil manga kerakmi o’zi? :)) (Spoiler: Ishga borib-kelish va bolamni bog’chaga oborib-opkelishim uchun kerak. Bangkok – avtomobil shahri. Avtobuslar qulay emas).

Tirbandlik sabab, 45 minut kech qolib kelgan bank hodimi arizaga qo’l qo’ydirib olgach, hujjatlarni olib ketdi. Javobini keyingi hafta chorshanba yoki payshanbada aytishadi.

* * *

25-iyul, shanba. Bank hodimi aloqaga chiqdi:
– Bank kitobchangiz 2018-yildan beri yangilanmagan, unga ohirgi 6 oydagi tranzaksiyalarni tushirib bera olasizmi?
– ?.. Aha ho’p…

Nimaga 21-asrda, mobile banking/internet banking bo’laturib, bank kitobchasida ma’lumot o’qimoqchi bular? 6 oylik hisobotni internet bankingdan olib, printerga chiqarib berganim o’tmas ekan.

Kitobchani to’ldiradigan Passbook mashinasi esa qovun tushirdi. Kitobchaga ohirgi ikki oylik tranzaksiyalarni chiqarib berdi faqat. Endi chorshanbada bankga borish kerak.

* * *

29-iyul, chorshanba. 6 oylik hisobotni olish uchun bankga bordim. Biryo’la kredit karta ham ochtirmoqchi edim. Kredit kartadan ishlatilgan summani bir oy ichida qaytarsa protsent yozmaydi. Kartada depozit pulni muzlatib qo’yish funksiyasi borligi uchun xalqaro avtomobil ijarachilari kredit kartalar bilan ishlashni ma’qul ko’rishadi. Mahalliy ijarachilar esa depozitni naqd pul yoki bank-transfer orqali olishadi ammo ularda ijara narhi 50-70% qimmat.

Karta uchun suhbat:
– Sizda ishlash ruxsatnomasi bormi?
– Bor.
– Oyligingiz bizning bankdagi hisobingizga tushadimi?
– Ha.
– Oyligingiz XXX000 bat’dan ko’pmi?
– Ha.
– Biz maksimum kredit limiti summasini hisobingizdan depozit sifatida saqlab turamiz. Kreditni ishlatganingizda depozitdan ketadi.
– ?? Ok, karta kerakmas…

Tushuntirish. Kredit limit 50,000 bat bo’lsa, shu summani hisobimda muzlatib qo’yishadi. Kredit kartamni ishlatganimda ana shu hisobdan ketadi. Oy ohirigacha pulni joyiga qaytarish kerak. 😀

Ideya yomonmas, aslida. Kredit olmay turib, kredit karta funksiyalaridan foydalanish imkoniyati berilyapti. Shunchaki, yilda bir-ikki marta ishlatiladigan kredit karta uchun depozit muzlatish – yaxshi variant emas.

Bangkok bank Taylandning eng qoloq banklaridan. Masalan, ularning mobil banking dasturi Android 10 telefonlarida ishlamaydi. Kredit karta bo’yicha yuqoridagi ahvol.

* * *

31-iyul, juma. Bank hodimasi aloqaga chiqdi. Digital work permit’dagi (ishlash ruxsatnomasidagi) QR-kod ishlamayotgan ekan, shu sababli ish joyimni yuridik taraflama tasdiqlay olishmadi. Tekshirib ko’rdim, rostan ishlamayapti. HR hodimasi esa, keyingi oyda vizani uzaytirish uchun borganimizda to’g’irlatamiz deb aytdi.

Alternativ variant – immigratsiyaga yoki O’zbekiston konsulxonasiga borib, hozirgi yashab turgan joyimni tasdiqlash uchun Residence Certificate olish kerak bo’larkan.

Residence Certificate so’rash – brilliant ideya!
Yangi uyga ko’chish uchun kamida bir yilga ijara shartnomasi (lease agreement) tuziladi. Ko’chgach, birinchi kuni immigratsiyaga TM30 formada bildiruv (notification) yuboriladi. Har uch oyda TM47 formada yana immigratsiyaga bildiruv beriladi.

Bankga ijara shartnomasi, TM30, TM47 hujjatlari taqdim etilgan. Lekin qoidasi bo’yicha bular yetarli emas, turar joyimni tasdiqlatishim uchun albatta Residence Certificate ham bo’lishi kerak.

* * *

3-avgust, dushanba. Konsullikga borib, 2 soatda ishimni hal qildim. Konsullikga e’tiroz yo’q, yaxshi ishlashadi. Faqat biroz sekin, «relaxed mode».
Residence Certificate tayyor bo’lgach, uni rasmga olib bankga yubordim. Nihoyat bank anketani ma’qulladi.

Diler avtomobilni tayyorlab qo’ygan ekan. Avtomobilni tekshirib, 30% dastlabki to’lovni to’lab ketdim. Ertaga barcha hujjatlari tayyor bo’larkan, salondan olib chiqib ketaman.

4-avgust, seshanba:

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!