WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Dollar indeksi 104 dan oşdi

sophomore-usdx-components

AQŞ dollari indeksi - valyutaning boşqa yetakçi valyutalarga (EUR, JPY, GBP) nisbatan kuçini aniqlaydigan ölçov, ohirgi 6 yil içidagi yuqori marrasiga çiqdi va katta ehtimol bilan 105 dan ham ötadi. Dollar qadri kötarilişining va umuman talab kuçayib borayotganining bir neça sabablari bor:

  • pandemiyadan keyingi iqtisodiy faollikning ortişi;
  • Rossiya bosqini sababli unga qöyilgan sanksiyalar oqibatida energoresurslarga bölgan talabning ortib ketişi;
  • noaniqlik şaroitida aktivlarni saqlab qoliş uçun ularni AQŞ dollariga aylantiriş istagi;
  • kriptovalyutalar va NFT bozorining qulaşi ortidan, ularni tezroq va köp miqdorda sotib yuboriş istagi (ularning dollarda sotilişi ham valyutaga talabni ortişiga xizmat qiladi);

Dollar qadrining kötarilişi nafaqat yetakçi valyutalar, balki boşqalarining ham qadrsizlanişiga sabab bölmoqda. Masalan bir yil içida Singapur dollari 4.5% ga, Malayziya ringgiti 6.5% ga, Tayland bati esa 10% ga qadrsizlandi.

Tayland milliy valyutasining qadrsizlanişi asosan import oziq-ovqat va benzin narxlarida seziladi. 91 markali benzin narxi bir yil içida 50% ga oşgan, ikki yil avvalgi narx bilan soliştirganda esa 100% ösiş kuzatilgan.