WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Leetcode 7. Reverse Integer

32 bitli x integer son berilgan. Uning raqamlarini teskari ögirib qaytaring. Agar teskari ögiriş 32 bitli integer siğimi [-231, 231-1] oraliğidan oşib ketadigan bölsa, 0 qiymatini qaytaring.

Dasturlaş muhiti 64 bit integer sonlarni qabul qilmaydi deb hisoblaymiz.

Example 1: Input: x = 123 Output: 321

Example 2: Input: x = -123 Output: -321

Example 3: Input: x = 120 Output: 21

x soni [-231, 231-1] oraliğida beriladi.

Işlaş tartibi

  1. Son manfiy bölişi mumkin, şuning uçun uning absolyut qiymatini olamiz: Math.abs(x)
  2. Uni stringga aylantiramiz. Buning uçun .toString() yoki template literal işlatişimiz mumkin.
  3. String harflarini array elementlariga aylantiramiz: str.split()
  4. Hosil bölgan arrayni boşini ohiriga qilib özgartiramiz: arr.reverse()
  5. Arrayni stringga qaytaramiz: arr.join('')
  6. Stringni songa özgartiramiz: parseInt(str, 10)
  7. Sonning vektorini (musbat, manfiy) olib, uni songa köpaytiramiz: num * Math.sign(num)
  8. Agar son [-231, 231-1] oraliğida bölsa sonni, aks holda 0 qaytaramiz.

Kod