Qonuniy freelanser - yakka tartibdagi tadbirkor

Frilanserga yakka tartibdagi tadbirkor bo'lishning nima keragi bor?
E'tirozga o'xshab ketadigan bu savol o'rinli va deyarli har bir frilanser faoliyati davomida bu savolni o'ziga o'zi berib ko'rgan bo'lsa kerak.
- Frilanser ishga bormaydi; uyda, kafeda yoki kovorking-ofisda o'tirib ishlaydi. Frilanserning mijozlari ko'pincha chet davlatlaridan bo'lishadi. U nimaga tadbirkor bo'lib ro'yhatdan o'tsin?
- Tadbirkor bo'lgach, xorijdan pul o'tkazmalarini qanday qilib qabul qiladi?
- Tekshiruvlar nima bo'ladi? Tekshirib bezovta qilaverishadimi?
Frilanser uchun YTTning ikkinchi muammosi
Xo'sh, ro'yhatdan o'tdingiz, endi xorijdagi yoki Upworkdagi mijozlar bilan shartnoma tuzish, unda O'zbekistonda ochilgan valyuta hisob raqamini ko'rsatish kerak bo'ladi. Mening tajribalarim 2015-yilda, banklar tadbirkorlarga naqd dollar tugul so'mni ham berishga qiynalib yurgan vaqtda bo'lgandi. Hozir albatta ko'p narsalar o'zgardi. Shunday bo'lsada, "sarguzashtlar" bilan baham ko'rmaslik adolatsizlik bo'lardi ;-) Demak, menda xorijlik to'g'ridan to'g'ri aloqaga chiqadigan va Upwork frilans-birjasi orqali ishlaydigan hamkorlar bor edi. Dastlabki turdagilar bilan shartnoma qilish mumkin edi, ammo bank pechati bo'lmagan shartnomalarni qabul qilmagan. Shartnomaga pechat qo'yish asosan MDH davlatlarida keng tarqalgan. AQSH yoki G'arbiy Yevropada bunday amaliyot kam uchraydi. Shunday ekan, qanday qilib men hamkordan yo'q pechatini qo'yib berishni so'rayman? Tupik. Upwork bilan esa vaziyat yanada chigalroq. Upwork frilanserlar bilan shartnoma tuzmaydi, foydalanuvchi shartlari asosida birjadan foydalanishni tartibga soladi. https://www.upwork.com/legal#useragreement Foydalanuvchi shartlarida taraflarning nomlari ko'rsatilmagan bo'ladi (ha albatta, pechat ham yo'q). Tabiiyki, bu ham bank uchun shartnoma o'rnida o'tmaydi. 2015-yilda konvertatsiya ochilmagani bois, valyutani hisob raqamiga qabul qilish uchun shartnoma qilgan taqdirda ham boshqa noqulay shartlar bor edi:- Valyutaning 50% qismini bankga sotish majburiy. Davlat kursida, ko'cha kursidan 2 barobar arzonga! :-D
- Valyutani O'zbekiston hududida ishlata olmaysiz. Qachondir chet el safariga chiqadigan bo'lsangiz, kartangizga tushirib berishadi. Yana bir yo'li? Albatta bankga sotish. Bu safar ixtiyoriy-majburiy holda :-D
- YTT birjaga chiqa olmaydi, shuning uchun valyutani birjada sotishning imkoni yo'q edi.
- Valyutani ham, konvertatsiya qilingan so'mni ham naqdlashtirishning iloji yo'q.