Chipta sotib olish va O’zbekiston havo yo’llari

Chipta qidirish uchun odatda Skyscanner xizmatidan foydalanaman. Xizmat mashhur chipta sotuvchi saytlarni tekshirib chiqadi va eng arzon variantlarni ko’rsatadi. Albatta Toshkentdan Bangkok, Malayziya yoki Singapur uchun eng arzon chiptalar «O’zbekiston havo yo’llari»da bo’ladi, sababi O’HY yuqoridagi shaharlarga to’g’ridan-to’g’ri reys tashkil etgan va ushbu reyslarda raqobatchilardan holi. Monopoliya xullas.

Havo yo’llari’ning chipta buyurtma qiladigan mini-sayti bor – book.uzairways.com . Qidiruvni boshlash uchun yo’lovchilar sonini kiritasiz, yo’nalishni tanlaysiz va… qidiruvni boshlashdan avval g’alati ishni ko’rasiz:

– Bangkokga yoki Kuala Lumpurga uchmoqchi bo’lsangiz, qaytish chiptasini sotib olishingiz majburiy. Bir tomonga chipta buyurtma qilolmaysiz, «Borish va qaytish» tugmasi avtomatik belgilanib qoladi. Yetmaganiga qaytish uchun «Sanani tanlang!» deb buyruq ham berib qo’yadi.
Qaytish chiptasini olishni majburiy qilib qo’yish ortiqcha. Sayyohlar doim ortga – Toshkentga qaytmaydiku. Uchinchi davlatga uchadiganlar uchun majburiy qaytish chiptasini olish – ortiqcha harajat.

– chipta qidiruvida ba’zan ekonom-klass chiptalarini ko’rsatmaydi, holbuki ular bor bo’ladi. Skyscanner topib beradi.

– O’HY chegirmalar bo’yicha e’lonlar bermaydi. Qizig’i chiptani boshqa saytdan arzonroqqa sotib olish mumkin.

Yaxshiyam book.uzairways.com uchun muqobil chet el xizmatlari bor. Ular qulay interfeys taklif qiladi, Mastercard/Visa tanlab o’tirmaydi. Skyscanner orqali chipta topib, sotuvchi saytga kirganda esa chegirmalar beradi.

O’zbekiston havo yo’llari’ga tegishli elektron chiptani boshqa saytdan sotib olgach, chipta to’g’riligini tekshirish uchun yana uzairways.com ga qaytish kerak. uzairways.com ko’p hollarda sotib olingan chiptani tekshirmaydi. Ma’lumot olish uchun 140-02-00 ga telefon qilish kerak bo’ladi.

Umumiy olganda, O’HYning chipta sotish xizmati befoyda sayt.

Nima qilish kerak?

Saytdagi foydalanuvchi interfeysini zamonaviylashtirish va har xil taqiqlarni olib tashlagan ma’qul. Shundoq ham aeroportda har bir yo’lovchinining qayerga ketayotgani va boradigan mamlakatidan chiqish chiptalarini olganligi bilan qiziqishadi.

Agar yaxshi dizayner va tajribali dasturchiga pul yetmasa, book.airways.com qismining o’zini yoki domenni xususiy chipta sotuvchilarga hamkorlikda ishlash uchun taqdim qilishligi mumkin. Xususiy firmalar o’zi sayt interfeysini epaqaga keltirib olishadi.

Masalan, men foydalanadigan saytning interfeysi bunday:

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!