Taylandda bank xizmatlaridan foydalanish

Tayland banklari

Taylandda bank xizmatlari yaxshi rivojlangan va arzon xizmat ko’rsatadi. Bizning banklar bilan solishtirganda:

  • kartadan pul yechish borasida ham muammo yo’q, bankomatlar ko’p;
  • mobil banking dasturlari kengqamrovli;
  • foydalanuvchining hisob raqami kartasining hisob raqami bitta (nima uchundir
  • bizning banklarda foydalanuvchi o’z hisobidagi mablag’dan foydalanish uchun uni oldin kartaga tushirishi kerak bo’lardi);
  • maishiy texnikani 0% foizli kreditga harid qilish mumkin (xorijliklarga cheklov bor, quyida tushuntiraman);
  • Bank kartalari Visa, Mastercard yoki UnionPay’ga ulangan bo’ladi. Internet to’lovlarni mobil bankingdan yoqish mumkin;
  • cashback va rewards keng tarqalgan.

Hozirda menda Bangkok Bank va Kasikorn Bank kartalari bor. Shu sababli ikki bank haqida ko’proq ma’lumot beraman.

Mendagi ikki karta ham debit kartalar. Bangkok Bankga oylik tushadi, internet-haridlar uchun Kasikorn Bank kartasini ishlataman. Bangkok Bankning kartasi UnionPay’ga ulangan, lekin haligacha UnionPay’dan foydalanib ko’rmadim. Kasikornning kartasi Visaga ulangan, nima uchundir ustida ism-familiyam yozilmagan, shunday bo’lsa ham internet-haridlarda ism-familiyamni kiritganimda muammo bo’lmaydi. Xorijliklar bankda hisob raqami ochish uchun ishlash ruxsatnomasiga (work permit) ega bo’lishi kerak.

Pulni naqdlashtirish

Shopping-markazlarda, do’konlarda ofis binolarida bankomatlar ko’p, kartalar turli bank bankomatlariga tushib ketaveradi. Biror voqea yuz bermasa, navbatlar ham ko’pincha kuzatilmaydi. Bangkok Bank kartasi orqali shu bankning o’z bankomatidan yechilganda komissiya olmaydi. Qolgan bank kartalari uchun bankomatlar har bir tranzaksiyadan 220 bat ($7) komissiya oladi. Banklarga qarab, bir martada 20 000 – 30 000 batgacha pul yechish mumkin. Bangkok bank bankomati bitta urinishda 25 000 batgacha yechishga ruxsat beradi, Kasikorn bankning limiti 20 000 bat.

Bankomatlar asosan 1000 batli kupyuralar beradi.

Shuningdek chet el kartalaridan ham naqdlashtirish imkoniyati bor, bunda bankomat komissiyasi 220 bat. Pul faqat tay bat’da yechiladi, dollarda pul yechadigan bankomatlar bo’lgan ekan, hozir ular ishlamaydi. Yana bir variant – bank ofisiga borib, kartadan «Cash advance» qilib pul yechtirishi mumkin. Komissiyasi yo’q menimcha.

Kredit

Thai bat stabil valyutalardan biri, shuning uchun kredit stavkalari u qadar katta emas. Masalan yangi avtomobil uchun yiliga 2-3%, texnikalar uchun 1 yilgacha 0%, turar-joy uchun ham 0-3% atrofida. Xorijliklarga kredit berishga tavakkal qilishni istashmaydi, shuning uchun kredit berishning qiziq usulini topishgan. Masalan Bangkok bankda texnika haridi uchun kerakli bo’lgan mablag’ni muzlatib qo’yishadi (o’sha mablag’ sizning hisob raqamingizda bo’lishi kerak) va oyma-oy undan pul kamaytirib borishadi. Shuningdek, agar shaxsning kredit tarixi yo’q bo’lsa (va u xorijlik bo’lsa) stavka yuqori bo’ladi (4-6%) – bunda hisob raqamidan pul muzlatib qo’yilmaydi.

Ekspatlar fikriga ko’ra xizmat ko’rsatish bo’yicha eng yaxshi bank – Siam Commercial Bank.
Qolgan banklar:
– Bangkok bank (valyuta kursi qadrliroq)
– Kasikorn bank (ofisi va bankomati ko’p va mobil ilovasi juda qulay)

Bankda hisob raqami ochish

Xorijliklar uchun hisob raqami ochishda quyidagilar kerak bo’ladi:

  • Passport va Non-B viza
  • Work Permit yoki Certificate Of Residency
  • Uy uzoq muddatga ijaraga olingan bo’lsa, shartnomasi
  • 300 bat – karta uchun to’lov
  • 500 bat – depozit

Bangkokdagi deyarli barcha bank ofislarida 1 ta bo’lsa ham ingliz tilida gaplasha oladigan hodimi bo’ladi.