10 kunga Toshkentga borib keldim
Ota-onam, yaqinlarim, qarindoshlar, do’stlar – ular mening vatanim. Ularni sog’ingan ekanman
Dasturchi, frilanser, gik va introvert
Ota-onam, yaqinlarim, qarindoshlar, do’stlar – ular mening vatanim. Ularni sog’ingan ekanman
Baxtsiz hodisa oqibatida (Hudo ko’rsatmasin) davolanishda katta pulga tushib o’tirmaslik uchun sayyohlarga sug’urta polisiga ega bo’lish muhim. Darvoqe, Toshkentdagi konsullik sug’urta polisini ko’rsatmasangiz viza bermaydi.
Bu Taylandning shimoliy chegarasi yaqinidagi, Don Nang (afsonaga ko’ra nomi «Uxlayotgan ayol») tog’i etagida joylashgan Tam Luang g’ori, aniqrog’i g’or tizmasi. Uning yuzasi bir necha kilometrga cho’zilgan. Ichida qadimgi budda ibodatxonasi ham bor va g’or Taylanddagi juda ko’p turistik maskanlardan biri hisoblanadi.
Ertalab championat.asia saytida yangiliklarni o’qib borayotib, hisoblar ruknida Tayland-Xitoy o’yini haqidagi e’longa ko’zim tushib qoldi. Bangkokdagi xizmat safarim davomida ancha vaqtdan beri shaharda futbol bo’lsa ko’rgani tushaman deb rejalashtirib yurganim sababli, internetdan uchrashuv haqidagi yangiliklarni o’qib chiqdim…
P.s. Aslida to’liq maqola qilmoqchi bo’lib borgan edim, ammo yarmi budda haykallari bilan, yarmi o’tgan qirollarning hayotidan olingan eksponatlar bilan to’ldirilgan muzeydan hafsala pir bo’ldi 😀
Taylandga kelgan amerikalik yoki yevropalik sayyoh haqiqatdan ham shu gapni aytadi. Bu yerda $1-$2 dollarga har xil ovqat topish mumkin, turar joy narxi esa oyiga $100 dan boshlanadi.
Taylandda Islom dini XX asr ikkinchi yarmidan boshlab kengayib bormoqda va u buddizmdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Musulmonlarni Taylandga ko’chib kelgan malayziyaliklar, pokistonliklar, tamil, panjob, va qo’shni Kambodjadan kelgan chami-qochoqlar tashkil qiladi.
Taylandga 2 haftadan ko’p muddatga bormoqchi bo’lsangiz, oldindan turistik vizani Taylandning O’zbekistondagi konsulligida rasmiylashtirish kerak bo’ladi. To’g’ri va barcha yig’ilgan hujjatlar viza olish vaqtini kamaytiradi.