Taylandda islom

Taylandda Islom dini XX asr ikkinçi yarmidan boşlab kengayib bormoqda va u buddizmdan keyin ikkinçi örinda turadi. Musulmonlarni Taylandga köçib kelgan malayziyaliklar, pokistonliklar, tamil, panjob, va qöşni Kambodjadan kelgan çami-qoçoqlar taşkil qiladi. Bundan taşqari afrika davlatlaridan ham köçib kelgan qora tanli musulmon ahli ham mavjud.
Taylandda islom bir xilda tarqalmagan. Umumiy hisobda aholining 7% musulmonlar bölsa, Narathivat viloyatidagi aholining 82% qismi musulmonlardan iborat. Tayland tomonidan egallab olingan Patani sultonligining asosiy dini islom dini bölgan. Janubdagi 4 viloyat - Narathivat, Yala, Pattani va Satunda musulmon malayziyaliklar köpçilikni taşkil qiladi.
Mamlakatda masjidlar faol darajada qurilmoqda. 2000-yildan boşlab ularning soni 2000 dan oşdi. Şuningdek yangi madrasalar qurilmoqda, sababi musulmonlarning soni bir neça sabablarga köra ortyapti:
- islom ijtimoiy tenglikni ta'minlaydi va jamiyatda kasta sifatida tabaqalarga bölinişni qoralaydi;
- madrasalar bepul örta va oliy ta'lim beradi;
- davlatning turizmni yanada rivojlantiriş siyosatiga qarşilar tomonidan norozilik sifatida.
Taylandda islomga munosabat ekstremistik harakatlar xavfi va janubdagi separatizm sababli salbiy holatda.
Ijtimoiy hayotda islom
Masjidlar. Katta turistik obyektlarda va savdo markazlarida tahorat va namoz öqiş xonalari mavjud. Poytaxtda köplab kiçik masjidlar bor:
Oziq-ovqat. Halol oziq ovqat, ayniqsa göştni topiş osonmas, faqat katta supermarketlardagina halol göştni topiş mumkin. Quyida Bangkokdagi halol göşt sotuvçi ba'zi dökonlar körsatilgan:
Oziq ovqat mahsulotlariga halol belgili tamğa uriladi va bu juda katta qulaylik keltiradi:
Halol tamğali mahsulotlar
Home freş mart supermarketidagi halol tamğali tovuq göşti
Kafe va restoranlar. Bangkokda turk, arab, bengal va malay oşxonalari halol ovqat taklif qiladi:
Ovqatlar:
Fors kabobi. Muhsin kafesi.
Arabça lavaş. Beirut restorani
Biryani. Muslim kafesi
Aksariyat aholisi buddistlar bölgan mamlakat uçun bundan ortiğini kutiş noörin bölsa kerak.