Ratchaburi viloyatiga safar

Shanba kuni Ratchaburi viloyatini aylanib keldik. Ratchaburi Bangkokdan 1.5 soatlik yo’l, turistik joyi ko’p emas. Bir-ikki kunlik sayohat uchun yetarli, «для галочки». Dastlab, «Khao Ngu Stone Park»ga kirdik. Park – oddiy park, qoyalar orasida ko’l bor. Tabiiy hududga kichik o’zgarishlar kiritilgan – ko’prik va ko’l ustidan yo’l qurilgan.

Karantin haqida

Karantin haqida

Taylandda hammani yoppasiga uyga tiqishmadi, ya’ni lockdown’ning zarurati bo’lmadi. Savdo markazlari, xizmatlar yopildi, lekin kafe va restoranlarni dostavka uchun ochiq qoldirishdi. Shuningdek kechki 10 dan ertalabki 4 gacha kommendantlik soatini joriy qilishdi.

Sayyohlar uchun sug’urta

Sug'urta

Baxtsiz hodisa oqibatida (Hudo ko’rsatmasin) davolanishda katta pulga tushib o’tirmaslik uchun sayyohlarga sug’urta polisiga ega bo’lish muhim. Darvoqe, Toshkentdagi konsullik sug’urta polisini ko’rsatmasangiz viza bermaydi.

Yo’qolgan futbol jamoasi

Bu Taylandning shimoliy chegarasi yaqinidagi, Don Nang (afsonaga ko’ra nomi «Uxlayotgan ayol») tog’i etagida joylashgan Tam Luang g’ori, aniqrog’i g’or tizmasi. Uning yuzasi bir necha kilometrga cho’zilgan. Ichida qadimgi budda ibodatxonasi ham bor va g’or Taylanddagi juda ko’p turistik maskanlardan biri hisoblanadi.

Tayland-Xitoy o’yini haqida

Ertalab championat.asia saytida yangiliklarni o’qib borayotib, hisoblar ruknida Tayland-Xitoy o’yini haqidagi e’longa ko’zim tushib qoldi. Bangkokdagi xizmat safarim davomida ancha vaqtdan beri shaharda futbol bo’lsa ko’rgani tushaman deb rejalashtirib yurganim sababli, internetdan uchrashuv haqidagi yangiliklarni o’qib chiqdim…

Taylandda islom

Taylandda Islom dini XX asr ikkinchi yarmidan boshlab kengayib bormoqda va u buddizmdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Musulmonlarni Taylandga ko’chib kelgan malayziyaliklar, pokistonliklar, tamil, panjob, va qo’shni Kambodjadan kelgan chami-qochoqlar tashkil qiladi.