WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Taylandda bank xizmatlaridan foydalaniş

Tayland banklari

Taylandda bank xizmatlari yaxşi rivojlangan va arzon xizmat körsatadi. Bizning banklar bilan soliştirganda:

  • kartadan pul yeçiş borasida ham muammo yöq, bankomatlar köp;
  • mobil banking dasturlari kengqamrovli;
  • foydalanuvçining hisob raqami kartasining hisob raqami bitta (nima uçundir
  • bizning banklarda foydalanuvçi öz hisobidagi mablağdan foydalaniş uçun uni oldin kartaga tuşirişi kerak bölardi);
  • maişiy texnikani 0% foizli kreditga harid qiliş mumkin (xorijliklarga çeklov bor, quyida tuşuntiraman);
  • Bank kartalari Visa, Mastercard yoki UnionPay'ga ulangan böladi. Internet tölovlarni mobil bankingdan yoqiş mumkin;
  • caşback va rewards keng tarqalgan.

Hozirda menda Bangkok Bank va Kasikorn Bank kartalari bor. Şu sababli ikki bank haqida köproq ma'lumot beraman.

Mendagi ikki karta ham debit kartalar. Bangkok Bankga oylik tuşadi, internet-haridlar uçun Kasikorn Bank kartasini işlataman. Bangkok Bankning kartasi UnionPay'ga ulangan, lekin haligaça UnionPay'dan foydalanib körmadim. Kasikornning kartasi Visaga ulangan, nima uçundir ustida ism-familiyam yozilmagan, şunday bölsa ham internet-haridlarda ism-familiyamni kiritganimda muammo bölmaydi. Xorijliklar bankda hisob raqami oçiş uçun işlaş ruxsatnomasiga (work permit) ega bölişi kerak.

Pulni naqdlaştiriş

Shopping-markazlarda, dökonlarda ofis binolarida bankomatlar köp, kartalar turli bank bankomatlariga tuşib ketaveradi. Biror voqea yuz bermasa, navbatlar ham köpinça kuzatilmaydi. Bangkok Bank kartasi orqali şu bankning öz bankomatidan yeçilganda komissiya olmaydi. Qolgan bank kartalari uçun bankomatlar har bir tranzaksiyadan 220 bat ($7) komissiya oladi. Banklarga qarab, bir martada 20 000 - 30 000 batgaça pul yeçiş mumkin. Bangkok bank bankomati bitta urinişda 25 000 batgaça yeçişga ruxsat beradi, Kasikorn bankning limiti 20 000 bat.

Bankomatlar asosan 1000 batli kupyuralar beradi.

Şuningdek çet el kartalaridan ham naqdlaştiriş imkoniyati bor, bunda bankomat komissiyasi 220 bat. Pul faqat tay bat'da yeçiladi, dollarda pul yeçadigan bankomatlar bölgan ekan, hozir ular işlamaydi. Yana bir variant - bank ofisiga borib, kartadan "Caş advance" qilib pul yeçtirişi mumkin. Komissiyasi yöq menimça.

Kredit

Thai bat stabil valyutalardan biri, şuning uçun kredit stavkalari u qadar katta emas. Masalan yangi avtomobil uçun yiliga 2-3%, texnikalar uçun 1 yilgaça 0%, turar-joy uçun ham 0-3% atrofida. Xorijliklarga kredit berişga tavakkal qilişni istaşmaydi, şuning uçun kredit berişning qiziq usulini topişgan. Masalan Bangkok bankda texnika haridi uçun kerakli bölgan mablağni muzlatib qöyişadi (öşa mablağ sizning hisob raqamingizda bölişi kerak) va oyma-oy undan pul kamaytirib borişadi. Şuningdek, agar şaxsning kredit tarixi yöq bölsa (va u xorijlik bölsa) stavka yuqori böladi (4-6%) - bunda hisob raqamidan pul muzlatib qöyilmaydi.

Ekspatlar fikriga köra xizmat körsatiş böyiça eng yaxşi bank - Siam Commercial Bank. Qolgan banklar:

  • Bangkok bank (valyuta kursi qadrliroq)
  • Kasikorn bank (ofisi va bankomati köp va mobil ilovasi juda qulay)

Bankda hisob raqami oçiş

Xorijliklar uçun hisob raqami oçişda quyidagilar kerak böladi:

  • Passport va Non-B viza
  • Work Permit yoki Certificate Of Residency
  • Uy uzoq muddatga ijaraga olingan bölsa, şartnomasi
  • 300 bat - karta uçun tölov
  • 500 bat - depozit

Bangkokdagi deyarli barça bank ofislarida 1 ta bölsa ham ingliz tilida gaplaşa oladigan hodimi böladi.