Taylandda ishlash, taqiqlangan va ruxsat etilgan sohalar
Taylandda qonunni buzmay mehnat qilish uchun yuqori malakali kadr sifatida ishga joylashish kerak bo'ladi. Sababi - oddiy, bilim talab qilmaydigan ishlarni hukumat maxsus ro'yxat qilib, xorijliklar ishlashini taqiqlagan. Quyida siz o'sha ro'yxat bilan tanishib chiqasiz:
A kategoriya (taqiqlanadi)
Qishloq xo'jaligida quyidagilar taqiqlanadi:- guruch yetishtirishchar
- tuz yetishtirish
- buxgalterlik/hisobchilik
- ferma
- arxitektura
- reklama
- broker va auksion o'tkazish
- sartarosh, soch ulovchi/kesuvchi, go'zallik saloni
- qurilish
B kategoriya (taqiqlanadi)
Qishloq xo'jaligi biznesida quyidagilar taqiqlanadi:- orxideya o'stirish
- bog'dorchilik
- chorva mollari va ipak qurtini parvarishlash/yetishtirish
- yog'och homashyosi (daraxt o'stirish, tayyorlash)
- baliqchilik
- guruchni frezerlash
- tegirmonchilik, un tayyorlash
- shakar, alkogol va non-alkogol ichimliklar ishlab chiqarish
- muzqaymoq ishlab chiqarish
- farmatsevtika
- yog'och, oltin, tilla va qimmatbaho toshlarni saqlash xizmati
- o'ymakorlik, lakirovka, gugurt tayyorlash, sement (va shu kabi qurilish materiallari) tayyorlash
- kiyim va poyafzal ishlab chiqarish
- nashriyot, gazeta chop etish, ipak mato chiqarish va ipakga chop etish
- ipakdan mahsulotlar tayyorlash
- C kategoriyada bo'lmagan savdo bilan shug'ullanish
- Ovqat va ichimliklar sotish **
- Antikvar va tasviriy san'at namunalarini sotish
- Tur agentlik
- Mehmonxonalar, mehmonxona menejmenti bundan mustasno
- Fotografiya, tozalash, kiyim tikish va xizmat ko'rsatish kasblari
- Transportatsiya
C kategoriya (ruxsat etiladi)
Quyidagilarda tegishli ruxsat va viza rasmiylashtirilgach ishlash mumkin: Eksport- A va B da ko'rsatilmagan ulgurji savdo
- Ombor uchun qurilmalar, uskunalar
- Turizmni targ'ib qiluvchi yegulik va ichimliklar sotish **
- Industriya ha hunarmandchilik
- Hayvonlar uchun ovqat ishlab chiqarish, o'simlik yog'i chiqarish
- Tekstil, bo'yash, matoga chop etish, shish mahsulotlari chiqarish
- Likopcha va kastryullar chiqarish
- Statsionar va bosma qog'oz, tuz qazib olish ***
- barmen yoki sotuvchi bo'lib ishlash mumkin emas, Lekin restoranda biznes egasi yoki menejer bo'lib ishlash mumkin.
- ro'yxatda bo'lmagan sohalarga ruxsat beriladi. Masalan dasturlash sohasiga ruxsat bor.