Bangkokga qaytish

Aeroportda topshirilgan test javobi kechga yaqin chiqqach, ko’chaga chiqish ruxsati tegdi (1-iyuldan boshlab, Taylandda koronavirus cheklovlari to’liq olib tashlandi). Bangkokda foydalanadiganimiz – Yandeksning analogi bo’lgan Grab dasturi taksi topib bermagani uchun, mehmonxonalar yaqinidagi taksi pitakka bordik.

Dollar indeksi 104 dan oshdi

AQSH dollari indeksi – valyutaning boshqa yetakchi valyutalarga (EUR, JPY, GBP) nisbatan kuchini aniqlaydigan o’lchov, ohirgi 6 yil ichidagi yuqori marrasiga chiqdi va katta ehtimol bilan 105 dan ham o’tadi. Dollar qadri ko’tarilishining va umuman talab kuchayib borayotganining bir necha sabablari bor: pandemiyadan keyingi iqtisodiy faollikning ortishi; Rossiya bosqini sababli unga qo’yilgan sanksiyalar oqibatida energoresurslarga …

Dubai Expo 2020

Oy boshida Dubayni aylanib kelish va Dubai Expo 2020 ni tomosha qilish uchun safarga chiqqandim. Sayohat davomida olingan havaskorona videolarni Youtube’dagi kanalimga joylab chiqdim. Ular orasida qiziqlari – Expo 2020 pavilyonlariga tashrif videolari bu yerda, pleylist shaklida

Awakening Bangkok

Awakening Bangkok – yorug’lik dekoratsiyalarini o’z ichiga olgan festival bo’lib, har yili o’tkazib kelinar ekan. Men faqat bu yilgi festivalni tasodifan (har doimgidek) bilib qoldim va o’tgan shanbada dekoratsiyalarni aylanib chiqdim.

Ratchaburi viloyatiga safar

Shanba kuni Ratchaburi viloyatini aylanib keldik. Ratchaburi Bangkokdan 1.5 soatlik yo’l, turistik joyi ko’p emas. Bir-ikki kunlik sayohat uchun yetarli, «для галочки». Dastlab, «Khao Ngu Stone Park»ga kirdik. Park – oddiy park, qoyalar orasida ko’l bor. Tabiiy hududga kichik o’zgarishlar kiritilgan – ko’prik va ko’l ustidan yo’l qurilgan.

Aeroport-hoji (davomi)

Til bilish har doim asqotadi. Guruh rahbari ofitserning «hozir hech narsa qilolmayman, kutinglar» degan gapini «hal bo’pqoladi deyapti, kutinglar» dib tarjima qilgan bo’lsa, arabcha so’zlasha oladigan amaki muammoni tushuntirib berdilar.

Aeroport-hoji

Oktyabr oyi o’rtasida, ishxonadan olingan 2 haftalik dam olish kunlarida Toshkentda sandiroqlab yurmasdan, Umra ziyorati va Rosululloh S.A.V.ning qabrlarini ziyorat qilishni niyat qildik.