WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Samarqandga sayohat. Uluğbek rasadxonasi, Bibihonim masjidi, Şohi Zinda.

IMG_20210925_143337

Deyarli bir xil ötayotgan kunlardan eslaşga nimadir qolsin deb, şanba kuni Samarqandni aylanib keliş uçun yölga çiqdik.

Yöl atrofi sarğiş, jaziramadan sillasi qurib çiqqan daşt-biyobon. Toşkentdagi çang-ğubor viloyatga çiqqanda yöqoladi deb homtama bölgan ekanmiz, yöl böyi çang havoni kuzatib ketdik. Umuman, uzoq vaqtdan beri yomğir yoğmayotgan ölka uçun tabiiy hol albatta. Menimça bahorda adirlar yam-yaşil tuzga kiradi. Öşa vaqtda yölda töxtab piknikga çiqişga arziydi.

Jizzahga kiraverişda qator ovqatlaniş kafelari yonidan ötasiz. Lekin qaysi birida ovqatni yaxşi va işonçli tayyorlanişini bilib bölmaydi. Google Maps'da bu oşxonalar yöq. Agar heç bölmaganda 1-2 tasi özini Google Maps'ga qöşsa, menga öxşab yölni avvaldan rejalaştiradigan "tajribasizlar" kafelarning birida töxtab ötgan bölişardi. 4 soat avtomobil haydaş osonmas, ayniqsa 3 soatlardan keyin köz rulda bölsa ham, miya trans holatiga kirişni boşlaydi (albatta töxtab 5 minut dam ovoliş kerak).

Samarqandga kirmasdan turib hafsala pir böldi. Al Buxoriy (r.a.) maqbarasi ta'mirlaş uçun yopiq, yonida "vremyanka" masjid va tahoratxona qurilgan. Kelganlar masjidda namoz öqib, tilovat qilib ketişar ekan.

Darvoqe, Google Maps'dan Samarqanddagi obyektlar haqida foydali va aktual ma'lumot oliş qiyin, sababi aholi şunçaki uni işlatmaydi. Google Maps foydalanuvçilar özidan izohlar (feedback) qoldirib borgandagina sayohat uçun foydali dastur böla olardi.

Samarqandga borsam men agar, Uluğbekni körib qaytaman. U qon yiğlab turar har safar, Men dardimni kimga aytaman?

— Muhammad  YUSUF.

Uluğbek rasadxonasi şaharning kiraveriş qismida joylaşgani uçun, ziyoratni şu yerdan boşladik. Rasadxona yaqinida kiçik muzey mavjud, unda Mirzo Uluğbekning hayotiga oid ma'lumotlar berilgan. Tarixiy qiymatga ega buyumlar köp emas.

Rasadxonaning özi aslida uç qavatli bino bölgan ekan. XVI asrda, Şayboniy avlodlari davrida bino yer bilan bita qilib, tekislab yuborilgan. Uni XX asr boşlarida qaziş işlari davomida topişga muvaffaq bölişgan. Hozirda binoning podvaligina bor.

Uluğbek rasadxonasi Uluğbek rasadxonasi

Tarixçi gid gapirib bergan ma'lumotlari orasida bitta muhim fakt hayratlantirdi: Uluğbekni öldirişga öğli Abdullatif emas, Möğluq xon farmon bergan. BBCda yozilgan maqola: https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan/2012/12/121225_latin_ulugbek_death
(Kitob muallifi - Ikromiddin Sirojiddinov bizga gidlik qildilar).


Samarqand oşi - yaxşi, faqat ziğir yoğda qilingani uçun me'daga tegib qoldi. Toşkentning töy oşini afzal köraman. Bu şunçaki subyektiv fikrim, fuqarolar uruşi keltirib çiqariş niyatim yöq. ;)

Samarqandça oş Samarqandça oş


Peşinni öqiş uçun masjid qidirib, Hazrati Hizr masjidiga keldik. Eski va çiroyli kiçikkina masjid Karimov qabri yonida joylaşgan ekan. Ammo tahoratxona masjiddan 500 metr uzoqlikda! Masjidning gumbazi ajoyib, naqşinkor. Faqat çiqib ketayotgandagina e'tibor beribman. Rasmga olmoqçi bölsam, stul qöyib kelgan-ketganni kuzatib turgan amaki mumkinmas dedi. Nega, sabab? Masjid içida telefondan foydalaniş mumkin emas ekan! :D

Hazrati Hizr masjidi Hazrati Hizr masjidi

Masjid ayvoni Masjid ayvoni

Masjid ayvonidan manzara. Uzoqda Bibihonim masjidi körinib turipti Masjid ayvonidan manzara. Uzoqda Bibihonim masjidi körinib turipti

Hazrati Hizr masjidiga yaqin tarixiy obida - Bibihonim masjidiga 15 minut piyoda yurib yetib olsa böladi.

Binoning tepasi 1897-yilgi zilzila vaqtida buzilgan. Omon qolgan qismi restavratsiya qilingan.

Binoga qarang. Har xil naqşlar, şundaymi? Aslida ular kalligrafiya. Ular Qur'on oyatlari, hadislar, duolar bölişi mumkin. Men faqat qisqalarini öqiy oldim xolos, masalan "Alloh", "Allohu akbar", "Muhammad"...

Kalligrafiyani öqişga harakat qilganim sari, binolarga boşqa köz bilan qaray boşladim. Misol uçun Çorsudagi Kökaldoş madrasasining binosida ham "Alloh" va "Muhammad" sözlari kalligrafik naqşda bitilgan. Yölingiz tuşganda bir e'tibor berib köring!

Masjid restavratsiya qilingan, eski va yangi ğiştlar/naqşlar orasida farq körinib turipti. Tuşunamiz, restavratsiya qiliş oson emas. Masjidni faqat çap tarafdagi binosining içki qismi qayta işlangan. Töğridagi va öngdagi binolariga tegilmagan. Tuşunişim böyiça, uçala binoning hammasida ham namoz öqilmagan. Ularning biri madrasa, yana biri karvonsaroy bölgan bölişi kerak (bu yerda gid olmaganimga afsus qildim).

Masjidning qarama-qarşi tarafida Bibihonim mavzoleyi, unda 4-5 ta qabr mavjud. Ular kimlarga tegişli ekani haqida ma'lumot beruvçi tabliçka yöq.

Bibihonim masjidi haqida: https://uz.wikipedia.org/wiki/Bibixonim_jome_masjidi


Şohi Zinda! Rosululloh S.A.V. amakilarining öğli Qusam ibn Abbos (r.a.) qöyilgani sabab maşhur, möğullar bosqinida ham tegilmagan, Amir Temur davrida siyosiy elita kömilişi boşlangan maqbaralar ansambli. Xorijlik sayyohlar aynan şu yerda köproq edi.

Şohi Zinda maqbaralar ansambli Şohi Zinda maqbaralar ansambli

Qusam ibn Abbos r.a. qabrlarining yoniga borib bölmaydi, eşigiga qulf osilgan. Ammo naqşinkor deraza ortidan tomoşa qiliş mumkin va albatta tilovat qilinadi. Maqbaraga kirişda tepaga arabçada quyidagi mazmunda hadis yozilgan:

  • Rosululloh S.A.V. "Qusam ibn Abbos odamlar içida menga harakteri, xulqi, va taşqi körinişi böyiça menga eng köp öxşaydiganidir" deganlar.

Qusam Ibn Abbos maqbarasi Qusam Ibn Abbos maqbarasi

Qolgan maqbaralar Amir Temur davridagi biror tarixiy şaxslarga tegişli. Şuningdek usta, yoki nomi yöq askarning ham maqbarasi bor. Binolar naqşlari bejirim işlangan.

Nima uçun maqbaralar qurilgan? Menda aniq fikr yöq, odamlar kelib tilovat qilişga qulay bölişi uçundir... Bilmadim.

Davomi bor...