Qatar Airways Toshkentga parvozlarni boshlaydi

Qatar Airways 17-yanvardan boshlab Toshkentga haftasiga ikki marta parvozlarni yo’lga qo’yarkan: https://www.qatarairways.com/…/fly-from-tashkent.html

(UPD: 27-martga qoldirilipti. 2022-yil 4-yanvar holatiga ko’ra, 29-mart uchun biletlar sotilyapti)

Qatar Airways’ning ustun taraflari:

  • Xizmat ko’rsatish a’lo darajada.
  • Sotib olingan biletni yil davomida uzluksiz tarzda bepulga o’zgartirish yoki qaytarish mumkin (Flexible ticket).
  • Dunyoning 2021-yildagi eng yaxshi avialiniyasi (Skytrax talqiniga ko’ra).
  • Bitta peresadka bilan (Hamad aeroportida) dunyoning 180dan ortiq shahriga borish mumkin.

Endi Toshkentdan uzoq masofaga uchishda Turkish Airlines va FlyEmirates’ga yana bir raqobatchi (alternativa) bor.

Fevral oyidan boshlab esa, haftasiga ikki marta AirArabia Toshkentdan Abu Dhabi ga reyslarni yo’lga qo’yadi va Toshkent Etihad aviakompaniyasining habi bo’lgan Abu Dhabi’dagi aeroportga ulanadi (Etihad AirArabia bilan codesharing kelishuviga ega, huddi FlyDubai va FlyEmirates singari). Bu haqida hali yangiliklarda o’qimadim, lekin AirArabia allaqachon 3-fevral uchun bilet sotishni boshlagan: https://reservationsad.airarabia.com/…/reservation.html…

Etihad’ning AirArabia bilan codesharing hamkorligi: https://www.etihad.com/en/fly-etihad/our-partners/air-arabia

*Codesharing – birgalikda biror-bir yo‘nalishda parvozlarni bajarish bo‘yicha ikki va undan ortiq aviakompaniya o‘rtasidagi hamkorlik shakli. Bunda bevosita qatnovni bajaradigan aviakompaniya (amaldagi tashuvchi) hamkor aviakompaniyaga (marketing tashuvchi) codesharing qatnovga xuddi o‘z qatnovi singari va o‘zining kodi bilan aviatashuvlarni sotishga imkon beradi.