WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Hayotdagi özgarişlar

Hmong qişloği

Saytdagi ohirgi postga 2 yil bölibdi. Öşanda Leetcode masalalarini işlaş töxtab qolgan edi, sababi tech-gigant IT korporatsiyalariga işga kiriş xohişi/motivatsiyasi yöqolgan. Iş joyimda ham deyarli hamma narsa qanoatlantirardi. Covid vaqtida boşlangan masofadan işlaş rejimi u tugagaç ham davom etyapti va hozirgaça uydan işlayapman.

Ikki yil davomida:

Google Photosning eslatişiça, 2022-yil Çiang Mai'ga 4 kunlik safarga bordik. Toğlar, şarşaralar, quyuq örmon - plajli Taylandning aksi. Ajoyib joylar, ayniqsa avtomobil haydab, atrofdagi gözallikdan bahra olib ketiş. Taylandga sayohat qiluvçilar albatta Çiang Mai viloyatiga kelişlari kerak. Batafsil instagram stories'da:

https://www.instagram.com/stories/highlights/17909067653571717


Şu yilning dekabrida esa Koh Çang oroliga avtomobilda bordik. Bangkokdan 5 soatça yurib, keyin avtomobil bilan paromga çiqiladi. Parom avtomobillarni Koh Çang oroliga olib borib qöyadi. Ohirgi marta yulduz töla osmonni öşa yerda kördim. Orollar biroz zerikarli, plyaj va hoteldan boşqa qiziqroq joy topiş qiyin. 2-3 kunda oroldagi diqqatga sazovor joylarni aylanib çiqiş mumkin.


2023-iyunda Toşkentga qaytiş oldidan 2 kun Maldivning Dhiffuşi oroliga "qönib ötdik". Taylandda faqat ekskursiya boradigan tiniq suvli plyajlar Maldivda mehmonxonadan çiqişdayoq paydo böladi. Orollarga gap bölişi mumkin emas, ammo xizmat körsatiş, ayniqsa transport qimmat ekan. Maldivning asosiy kema porti va aeroporti - xaos.

https://www.instagram.com/stories/highlights/18025448935526930


Avgustda Taylandga qaytgaç, Noyabr oyida Kançanaburi viloyatiga avtotur uyuştirdik va Myanma çegarasigaça yetib bordik. Kançanaburi - Ratçaburi bilan çegaradoş viloyat.

https://www.instagram.com/stories/highlights/18005524289167275


Dekabrda Bangkokdan Phuketga avtotur qildik. Phuketda 4 kun turib, qaytişda esa töxtalişlar bilan 884 kilometrni 14 soatda bosib ötdik. Bu avtotur uçun şaxsiy rekord.

https://www.instagram.com/stories/archive/18216922009259769


2024-yil aprelda egizak farzandlarim (öğil va qiz) tuğilişdi. Endi men ham Otam kabi 3ta farzandning otasiman! Alhamdulillah.

Şu bilan sayohatlar vaqtinça töxtagan, hozirda çaqaloqlarga ğamxörlik qiliş bilan maşğulmiz.