Krabiga sayohat. 2-kun. 4 orolga ekskursiya

Sayohatning ikkinçi kuni avvaldan rejalaştirilganidek, 4 orolga sayohat böldi. 4 orol - Koh Tub, Koh Poda, Çicken Island va Phranang ğorli plyajdan iborat ekskursiya. Narxi bir kişi uçun 460 bat ($15). Mehmonxonadan olib ketib, qaytarib olib kelib qöyişadi.
Ekskursiyani Klook mobil dasturidan yoki websaytdan buyurtma qiliş mumkin: https://www.klook.com/activity/1433-4-islands-day-tour-krabi/
Ertalab 8:30 da mehmonxonadan olib ketişadi va Noppharat Pier - pirs yaqinidagi örmonçada sayohatçilar yiğiladi.

Röyxatdan ötkaziş va tuşuntiriş yakuniga yetgaç, kemalarga çiqiladi.

Ekskursiya kemalarining ikki turi bor: longtail boat va speedboat. Longtail boat sekinroq suzadi va köp çayqaladi, uning narxi arzonroq.

Noppharat pirs:

Sayohat boşlandi!


Koh Tup
Birinçi orol - Koh Tup ga yaqinlaşib qoldik. Suvning tiniqlaşganiga e'tibor beryapsizmi? :-)

Orol juda kiçik, yagona dökondan boşqa heç narsa yöq, yovvoyi tabiati saqlanib qolgan. Masalan, orol örmoniga kirişda eçkemarni kördim.
Köpçilik örmonga çiqib ötirmaydi ham, qirğoqdagi manzaraning özi ajoyib!






Video:
Suvdagi baliqlar köp, aksariyati akvarium-baliqlar.
Koh Tup'da bir soatga yaqin böldik.
Çicken Island

Çicken orolida qirğoqqa çiqqanimiz yöq. Orol yaqinida snorkeling uçun qulay maydonlar bor.



Jilet va oçkini kemada berişadi. Afsuski suv ostida işlaydigan kamera yöq, suvosti manzaralari ajoyib!
Koh Poda
Poda oroli biroz kattaroq. Bu yerda ham oq qum, tiniq suv. Relax...




Orolning uzoqroq qirğoğida tölqinlar kattaroq.



Phranang plyaji







Pranang plyaji suvosti qumi yirik, oyoqqa botadi. Ehtiyot bölib harakatlaniş kerak.
4 ekskursiya şu tariqa yakunlandi. 17:00 ga yaqin mehmonxonaga qaytdik.