Qanday qilib xorijiy IT kompaniyaga ishga kirish mumkin?
Ushbu maqolada chetda dasturchi bo'lib ishga kirish uchun nimalarni o'rganish, nimalar qilish lozimligi haqida ma'lumotlar beriladi.
Istalgan dasturchi ma'lum vaqt mahalliy kompaniyada faoliyat olib borgach, zerikishni boshlaydi. Zerikishga sabab yangi texnologiyalarni ish jarayonida qo'llash imkoni yo'qligi, uning tajribasi oshib ishda o'rganishdan to'xtab qolgani, oylik ko'tarishlarini xohlashi, va hokazo, sababi ko'p. Bu holatda 3 xil yo'l bor:
- boshqa mahalliy kompaniyaga ishga kirish
- frilansga o'tish
- xorijga ketish
Rekruiterlar
Rekruiterlar nomzod va ish beruvchini tanishtirib qo'yishdan ko'ra ancha katta hajmdagi ishni bajarishadi:- ular nomzodni o'rganib chiqishadi, kuchli va kuchsiz jihatlarini aniqlashadi.
- telefonda qisqacha suhbat davomida ish pozitsiyasi haqida ma'lumot berishadi, ba'zan o'zlari qisqacha intervyu qilishadi.
- ishga qabul qilinmagan taqdirda ham, potensial nomzodni bazalada saqlab mos ish chiqqanda taklif qilishadi
- intervyu uchun maslahatlar berishadi, sizning nomingizdan ish beruvchiga taklif bilan chiqishadi.
- Qisqasi, rekruiterlar bilan ishlashni o'rganish zarar qilmaydi. Ular ko'p hollarda dasturchi tarafda bo'lishadi.