Muvaffaqiyatli frilanser böliş şartlari

Quyidagi şartlar oddiy dasturçi uçun amal qiladi.
Bilim, tajriba va professionalizm. Öz xizmatingizni sota oliş uçun bilimingiz professional darajada bölişi zarur. Frilansga endi kirib kelgan tajribasiz dasturçilar qisqa vaqt içida ham öz profilini norozi mijozlar fikrlari bilan töldirib, karyeralarini yöqqa çiqarişadi; ham mijozlar orasida frilanserlar haqida, hattoki frilanser öz tajribasizligi sabab öz mamlakatidagi boşqa dasturçilar haqida notöğri tuşunça hosil bölişiga olib kelişadi. Maslahat: Dasturlaşni endi örgangan bölsangiz, tajriba oşirişga biror dasturlaş firmasiga işga kiring, öz yönalişingizni professional darajada örganing. Zero tajribali dasturçi tajribasizidan qayerda xato bölişi mumkinligini oldindan köra olişi va mijoz nimani istayotganini bilib turişi bilan farq qiladi. Men frilansga ötişdan avval 4 yil firmada dasturçi bölib, stajerdan team leader darajasiga kötarilgandim.
Javobgarlik. Frilansda sizning boşliğingiz bölmaydi. Endi işingizning natijasi uçun özingiz javobgarsiz. Maslahat: Mijozning loyihasiga huddi özingizning loyihangizni işlab çiqayotganingiz/rivojlantirayotganingiz kabi munosabatda böling. Işingizda kamçiliklar çiqsa, bepulga bölsa ham tuzatib bering. Qöl uçida qilinadigan işlar yaxşilikga olib kelmaydi.
Tartib. Bu yerda ikki jihatni hisobga oliş kerak:
- Işni baholaş va uni bitiriş (deadline) vaqtini mijozga aytib ötiş;
- Bitiriş vaqtidan keçikmay işni topşiriş; Işni töğri baholaş tajriba ortgani sari töğrilanib boriladi, ammo notöğri berilgan baholaş oqibatida bitiriş vaqtiga ulgurmaslik frilanserning aybi hisoblanadi. Maslahat: Bu yerda odatiy maslahat - işni çözmang, kelişilgan vaqtga ulguring. Agar iş boşlangaç, uning hajmi dastlabki baholaşdan köra ança katta farq qilsa, mijozning iş boşlaşdan avval tölagan pulini qaytariş va töğri baholay olmaganlikni aytiş kerak böladi.
Frilans - asosiy iş. Köp hollarda yangi iş boşlaganlar frilansga qöşimça daromad manbai sifatida qaraydilar. Bu notöğri. Vaqti bölgandagina birja saytlariga kirib iş qidiriş effektiv bölmaydi, bu tarzda iş oliş qiyin. Maslahat: Frilansga asosiy işingiz kabi munosabatda böling. Işdan böşab frilansni boşlang deyiş fikridan yiroqman, ammo 2 hafta dam oliş kuni olib frilansda özingizni sinab körişingiz mumkin.
Tillarni biliş. Rus tilini bilişning özi kamlik qiladi. Ingliz tilini kamida chatda gaplaşa oliş darajasida bilişingiz kerak. Maslahat: Yaxşi iş oliş uçun esa Skype orqali video-qönğiroqlarda gaplaşiş zarar qilmaydi. Zero jiddiy mijozlar yuzma-yuz körişib gaplaşişni ma'qul körişadi.