Dollar indeksi 104 dan oshdi

AQSH dollari indeksi – valyutaning boshqa yetakchi valyutalarga (EUR, JPY, GBP) nisbatan kuchini aniqlaydigan o’lchov, ohirgi 6 yil ichidagi yuqori marrasiga chiqdi va katta ehtimol bilan 105 dan ham o’tadi. Dollar qadri ko’tarilishining va umuman talab kuchayib borayotganining bir necha sabablari bor:

  • pandemiyadan keyingi iqtisodiy faollikning ortishi;
  • Rossiya bosqini sababli unga qo’yilgan sanksiyalar oqibatida energoresurslarga bo’lgan talabning ortib ketishi;
  • noaniqlik sharoitida aktivlarni saqlab qolish uchun ularni AQSH dollariga aylantirish istagi;
  • kriptovalyutalar va NFT bozorining qulashi ortidan, ularni tezroq va ko’p miqdorda sotib yuborish istagi (ularning dollarda sotilishi ham valyutaga talabni ortishiga xizmat qiladi);

Dollar qadrining ko’tarilishi nafaqat yetakchi valyutalar, balki boshqalarining ham qadrsizlanishiga sabab bo’lmoqda. Masalan bir yil ichida Singapur dollari 4.5% ga, Malayziya ringgiti 6.5% ga, Tayland bati esa 10% ga qadrsizlandi.

Tayland milliy valyutasining qadrsizlanishi asosan import oziq-ovqat va benzin narxlarida seziladi. 91 markali benzin narxi bir yil ichida 50% ga oshgan, ikki yil avvalgi narx bilan solishtirganda esa 100% o’sish kuzatilgan.