WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Wordle.uz da kun sözini bir urinişda topiş ;)

wordle.0

1-kun. Sözni topiş uçun özbek tilining imlo luğatini yuklab oldim va kiçik dastur yozib, ular içidan faqat 5 ta harfli sözlarni qoldirdim. Söngra VS Code dastur muharririda REGEX böyiça qidiruv bilan 5 ta urinişda topdim. REGEX qidiruv quyidagiça:
SALOM sözida faqat A harfi bor bölsa va u boşqa pozitsiyada turgan bölsa, qidiruv patterni quyidagiça böladi:
[a-k,n,p-r,t-z,ó,ǵ][b-k,n,p-r,t-z,ó,ǵ][a-k,n,p-r,t-z,ó,ǵ][a-k,n,p-r,t-z,ó,ǵ][a-k,n,p-r,t-z,ó,ǵ]
Bu degani, S L O M harflari barça pozitsiyalarda, A harfi esa faqat ikkinçi pozitsiyada tuşirib qoldiriladi. Şu tariqa topilgan sözlardan foydalanib keyingi tahminni kiritiş mumkin.

2-kun. Sayt muallifining twitterida sözlar röyhati bor rasm qöyilgan ekan. Unda kelişik qöşimçalari qöşilgan sözlar ham bor: "mehri", "nomni", "qizim". Demak şunçaki söz emas, qöşimçali sözlarning ham çiqişi ehtimoli bor.

3-kun. Barça sözlar röyhati dasturning kodida allaqaçon mavjud. Bu sözlar böyiça qidiruvni ança osonlaştiradi.

4-kun. Dastur backend'ga heç qanday sörov yubormayapti. Demak kun sözi ham qayerdadir frontendda turipti. Dastur kodi "kun sözi" bugungi sana böyiça generatsiya qilinib, localStorage'da saqlanayotganini körsatdi (👇 rasmda). Bugungi sanani foydalanuvçi qurilmasidagi sanadan oliş - kun sözining barçada bir xil bölmasligiga olib kelişi mumkin. Masalan, kimningdir kompyuterida boşqa sana turgan bölsa, u uçun kun sözi boşqalardan farqli böladi.