Venda – do’konlar hisobini yurituvchi dastur va Docker haqida

Veb studiya davrida aptekalar hisobini yuritish uchun Appteca loyihasini ishlab chiqqan edik. Keyinroq undan Venda – do’konlar (va aptekalar) uchun universal dastur sifatida ishni davom ettirdik. 1 yilgacha qo’llab-quvvatlash jarayonida ma’lum bo’ldiki, dastur qo’shimcha daromad manbai emas, qo’shimcha beminnat xizmatga aylanib qoldi. 🙂

G’alati savollar. Mijoz har doim haqmi?

call-markaz

Haridorlarga xizmatlarni taklif etish davomida yoki ularning qo’ng’iroqlariga javob berganimizda, ular tomonidan beriladigan, ko’p hollarda qaytariladigan, ba’zilari g’alati bo’lgan savollarga javob berishga majbur bo’lamiz. Ammo bizning holatda qisqa yoki qo’pol javobdan ko’ra, batafsil tushuntirish, haridorda ishonch paydo bo’lishiga olib keladi.