Go caşless! Turmuş tarzini yengillaştiradigan dasturlar va xizmatlar
Bangkokda turmuş tarzini yengillaştiradigan xizmatlar talaygina. Kamina hozirgaça quyidagi xizmatlardan foydalanyapman.
Grab - taksi va mototaksi xizmati. Kartamni dasturga ulab qöyganman, har safar avtomatik pul yeçib oladi. Juda qulay.
Alternativi - Get!, Line Man. Uber janubi-şarqiy Osiyodagi uluşini Grab'ga sotib bozordan çiqib ketgaç, Grab monopolga aylangan. Raqobatçilari kuçsiz.
Lazada - Aliexpressga öxşagan onlayn dökon. Oziq-ovqatdan taşqari hamma narsa bor. Offlayn dökonlar ham Lazadaga ulangan, mahsulotlarning narxlari bir xil. Buyurtmalarni 1-4 kunda yetkazib beradi. Alternativlari - Shopee, Powerbuy, JD Central.
Shopee - Lazadaga öxşaş dökon, interfeysi tuşunarsizroq, ba'zi joylari tay tilida. Ba'zi mahsulot narxlari arzonroq bölgani uçun, Şopee'dan foydalansa böladi.
Powerbuy va JD Central asosan texnikaga e'tibor qaratadi.
Foodpanda - Bangkokdagi kafe-restoranlardan ovqat va yeguliklar yetkazib beradi. Alternativlari - Grab Delivery, Line Man, Uber Eats. Foodpandaning interfeysi juda qulay, dastur ingliz tilida ham işlaydi. Unda kafe-restoranlarning menyusigaça bor.
TrueID TV - tayland va xorijiy kanallarni translyatsiya qiladi. Ular içida premium kanallar, masalan BeIN Sports kanallari ham bor. Nima uçundir translyatsiya tekin. Alternativi - AIS Play. AIS Play şu nomdagi mobil provayderning mobil dasturi. TrueID TV da kanallar köproq.
Netflix - Obuna asosida xorijiy kino va seriallarni körsatadi. Alternativi haqida qiziqib körmagan ekanman.
Agoda - mehmonxonalar bron qiliş dasturi. Raqobatçilari - Booking, Traveloka. Agoda'da nisbatan arzonroqqa joy topiş mumkin. Airbnb'ni ham qöşiş mumkindir.
Klook - attraksionlarni bron qiliş xizmati. Yaqinda KKday nomli raqobatçisi ham çiqdi. Eng arzon narxlar Klook'da baribir.
12go.asia - uzoq sayohatlar uçun avtobus, marşrutka, poyezd bron qiliş. Ajoyib servis! Alternativi yöq.
Mobil banking. Uy va avtomobil ijarasi, telefon, internet, elektr hamda suv uçun mobil bankingdan tölayman. Yana qandaydir xizmat bölsa avvalo bank transfer orqali tölaşga harakat qilaman. Masalan ohirgi marta bolamning suziş tögaragi uçun bank transfer orqali töladim.
Line Pay. Dastlab kommunal tölovlar uçun foydalangandim. Hozir BTS (yerusti metro) kartasiga pul taşlaş uçun kerak bölişi mumkin.
Lalamove. Yetkazib beriş xizmati. Köproq boşqa uyga köçganda kerak böladi.
Kerry Express. Yetkazib beriş xizmati, ular onlayn dökonlar bilan ham işlaşadi. Alternativi - Lelexpress
Makro Click - Makro dökonlar tarmoğidan oziq-ovqat va kundalik mahsulotlar sotib oliş mumkin. 1 kunda yetkazib berişadi. Endi işlatib köraman.
7-Eleven member card. Afsuski xorijliklarga kartani olişning imkoni yöq ekan yoki yaxşilab harakat qilmadim. 7-Eleven'ga naqd pul işlatyapman.
Drivehub - avtomobil ijaraga oliş xizmati. Mahalliy ijaraçilarning sayti, faqat tay tilida. Google Translate’ni işlatib foydalansa böladi. Yana bir variant - Drivehub’ning Line’dagi accounti – @drivehub bilan boğlaniş mumkin, operator ingliz tilida yaxşi yozadi.
Hozirça şular. Omon böling!