Aliexpress’dan harid qilingan 11 yaxshi mahsulot

Frilans va Aliexpressdan foydalanish deyarli bir vaqtda boshlangan (bir oylik farq bilan), sababi frilansda ishlab topilgan mablag’ni dastlab qanday qilib naqdlashtirishni bilmaganman. Shuning uchun kartadagi pulni Aliexpressdan tovar harid qilish uchun sarflaganman. Hozirgi kunga kelib, discount olish, cashback, sotuvchi bilan bahslashuv (dispute), pul qaytarish bo’yicha yetarlicha tajriba bor 🙂

Quyida Aliexpressdan sotib olingan va puliga arzigan (yoki omadli harid bo’lgan) ba’zi tovarlar bilan tanishtirib o’taman.

1. Iocean X7. 2013-yil,  iyun. Narxi – $222.


Iocean tarixda o’rtacha segmentdagi birinchi Full HD ekranli telefon sifatida qoladi. $222 narxdagi apparat o’sha davr uchun haqiqiy topilma edi.

Kamchiliklari ham bo’lgan. Masalan telefon ba’zan qotib qolardi, batareykani chiqarish orqali perezagruzka qilishga to’g’ri kelardi. Ekrani singanida esa, ehtiyot qismi topilmagan. Ma’lum bo’lishicha, telefon yig’ish jarayonida mikrosxemalari va ekrani remont qilinmaydigan qilib yopishtirilgan ekan.

2. Sades SA-708. 2013-yil, dekabr. Narxi – $16

Ajoyib naushnik! Sotib olganimga yaqinda 5 yil bo’larkan, hali ham butun, hali ham ishlayapti, har kuni xizmat qiladi. SA-708 modeli geymerlar naushnigi hisoblanadi. Bass yo’q (yoki kam), kundalik ishlatishga bo’ladi.

Darvoqe, naushnik hali ham sotuvda bor. Aliexpressdan, Lazada’dan yoki Amazondan topish mumkin.

3. Actto NBS-08. 2013-yil, dekabr. Narxi – $15

Noutbuk-stend. Uzoq vaqt xizmat qildi. Hali ham butun albatta. Toshkentga borganimda ovolaman, kerak bo’ladi. Hozir ham sotuvda bor bo’lsa kerak.

4. Skeleton qo’l soati. 2014-yil, iyul. Narxi – $15

Bu mexanik qo’lsoat bir narsasi bilan qadrli. Uni to’yim kuni taqqan edim. Keyin esa yaqin do’stimga minnatdorchilik sifatida sovg’a qilingan. Xotira esa qoldi, shunisi muhim.

5. Lenovo S8 898T+. 2014-yil, avgust. Narxi – $176

Lenovo S8 – o’sha vaqtlarda Lenovo’ning shedevrlaridan biri bo’lgan. 7 mm qalinlikdagi ingichka telefonning dizayni ajoyib edi. Shuningdek Vibe UI oblojkasining ko’rinishi Android 2.3 dan katta farq qilgan, IOSga o’xshatmoqchi bo’lishgandi. Kamchiligi – apparat Xitoy bozori uchun ishlab chiqarilgani uchun 3G bizda ishlamasdi.

Bu telefon 2 yilga yaqin xizmat qildi. Proshivkasi necha marta almashdi («tajriba quyoni» bo’ldi).

6. Xiaomi Redmi Note 4G. 2014-noyabr. Narxi – $172

Hozir Xiaomi’ni hamma biladi. 2014-yilda esa uni oddiy «xitoy-apparat» deb qabul qilishgan. Telefonga shishali qopqoq ham chiqqan:

Bu qopqoq telefon ko’rinishini Xperia’larga o’xshatib yuborgan.

Telefonning ustunligi – shubhasiz MIUI! Kamchiligi – 4G o’zbekistonda ishlamagan. Yana chastotasi to’g’ri kelmagan. 3G bor edi.

7. Blueskysea B40 A118 – videoregistrator. 2015-yil, noyabr. Narxi – $48

Videoregistrator kompakt bo’lib, salondagi oyna orqasiga o’rnatiladi. Tashqaridan uning borligi darhol sezilmaydi. DAN  hodimlari ham «salonga displey o’rnatgansan» deya olishmaydi, sababi displey salon oynasining orqasida qolib ketadi. Haydayotganda chalg’itmaydi. Qizig’i, videoregistrator salondagi 55-60 gradus issiqqa ham chidagan. Hozir ham ishlayapti. Yaxshi topilma!

8. Karadar STR-535 – radar detektor. 2016-yil, mart. Narxi – $38

Bu radar-detektor  SHO-ME 535 ning replikasi. Original bo’lmasada, o’z ishini yaxshi uddalaydi. Ikki marta radardan ogohlantirishining o’zida pulini chiqarib oladi.

Kamchiligi – apparat korpusi issiqqa chidamsiz.  50 gradusdan keyin erishni boshlaydi. Bizning yoz uchun chiqarilmagan. Bir yil uchun $38 investitsiya kiritish yomonmas, ayniqsa u yil bo’yi 10 dan ortiq holatlarda qutqarsa. 😉

9. Lenovo K3 Note. 2017-yil, iyun. Narxi – $115.

Lenovo K3 Note’ning kamerasi super! Budjet narxidagi smartfon o’rta narx segmentidagi apparatlar kabi yaxshi rasmga oladi. Bonuslardan yana Full HD ekran, sifatli kolonka va yangilangan Vibe UI ni ko’rsatish mumkin.

Ushbu telefondan 3-4 marta buyurtma qilishgan.

10. Mirascreen. 2016-yil, oktyabr. Narxi – $14

Mirascreen – Google Chromecastning xitoycha analogi. Android telefon yoki planshetdagi tasvirni wifi orqali HDMI porti bor televizorga uzatib beradi. Android 5 dan pastki versiyalarida ishlamagan. Boshqa kamchiligi yo’q. Hali ham ishlaydi.

11. Meizu MX6. 2017-yil, yanvar. Narxi – $222

Eng uzoq muddat Meizu MX6 dan foydalandim (bir yarim yil), uning ta’siridan bo’lsa kerak, keyingi apparatga ham Meizu’ni tanlamoqchi edim (Oneplus 6 ga o’zgardi).

Telefonni o’zgartirish uchun tayinli sabab topilmasdi. 4gb operativ xotira, ko’rinishi Iphone 7/8 ga o’xshaydi, Flyme operatsion tizimi IOSga o’xshash, Helio P20 protsessor hamma o’yinlarni ko’taradi. Maxsus ishlab chiqilgan Sony IMX386 kameraga e’tiroz yo’q – to’liq baxt uchun nima kerak? 😀

 

Mendagi eng yaxshilari shular. Sizda qaysi harid omadli chiqqan?