WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Ğalati savollar. Mijoz har doim haqmi?

call-markaz

Haridorlarga xizmatlarni taklif etiş davomida yoki ularning qönğiroqlariga javob berganimizda, ular tomonidan beriladigan, köp hollarda qaytariladigan, ba'zilari ğalati bölgan savollarga javob berişga majbur bölamiz. Ammo bizning holatda qisqa yoki qöpol javobdan köra, batafsil tuşuntiriş, haridorda işonç paydo bölişiga olib keladi. Zero, ahmoqona köringan savollar aslida haridorlar tomonidan nimanidir tasdiqlatiş yoki işonç hosil qiliş uçun berilgan böladi. Quyida biz iş jarayonida duç keladigan ba'zi ğalati savollarni va ularga berilişi kerak bölgan töğri javoblarni taqdim etamiz:

1. Appteca programmaning narxi neçi pul?

Köp qaytariladigan savol. Qiziği - savolni dasturimizning saytiga kirib çiqib, ma'lumotlarni batafsil öqib çiqişgandan keyin ham berişadi. Aslida narxi qançaligini yaxşi bilib turişadi, şunçaki ötib berişarmikin degan maqsadda yana bir bor sörab, aniqlaştirib olişadi. Narx haqidagi savolga eng töğri javob - dasturning versiyalari, ularning narxlari, qöyilgan narx içiga yana qanday xizmatlar kirişi hamda qanday holda çegirma qilib berişni batafsil tuşuntirişdir.

"Dastur narxlari haqida palon-piston.uz saytimizda ma'lumot olişingiz mumkin" - degan javob rusçasiga aytganda qiziquvçini "послать на самизнаетечто" qiliş bilan barobardir.

2. Dastur ham pullik bölarkanmi?

Hayriyatki, hozirgaça faqat 1ta haridor şu savolni berdi. Savoldan ham ma'lumki, kompyuter va texnikadan uzoq yuradigan haridor öz aptekasiga dasturni örnatiş majburiyatini olgani sababli, internetdan qiziqqan va bizni topgan. Javobimiz quyidagiça bölişi mumkin edi:

  • Siz hali aptekangizdagi dorilarni pulga sotasizmi?

Ammo haridorning hazilni his qiliş koeffitsientini telefon orqali bilib bölmasligi sababli, unga batafsil tuşuntirdik:

  • Biz dasturni oylar davomida işlab çiqaramiz. Dasturni örnatib berganimizdan keyin bir yil davomida kafolatlangan texnik xizmat körsatamiz. 6 oy davomida dasturning yangi versiyasi çiqqanda, bepul örnatib beramiz. Bularning barçasi dasturning narxiga kiradi.

3. Naqdda tölasam çegirma qilib berasizlarmi?

Bunisi yaqin 1-2 yilda paydo böldi va hozirgi kunda ğalati savol hisoblanmay qoldi. Savdogarlarning plastik karta bilan tölovçilarga boşqa narx, naqd tölovçilarga boşqa narx aytişi oğizdan quloqqa quloqdan oğizga va h.k. borib, soliq organlarining e'tiborini tortgan. Endilikda savdogarlar yoppasiga plastikka sotiladigan narxni aytişadi va tiş orasidan naqd bölsa, palon söm ötib beramiz deyişadi. Naqdga çegirma haqidagi savol mana şu yerdan paydo bölgan.

Biz asosan kiçik biznes subyektlariga xizmatlarimizni taklif qilganimiz sababli faqat pul ötkaziş yöli bilan işlaymiz. Haridorlarga javob berişda, dasturni faqat pul ötkaziş yöli bilan sotib olişlarini va birneçta dastur harid qilişsa, çegirma taqdim etişimiz mumkinligini aytib ötamiz. Ya'ni çegirmani naqd tölov hisobiga emas, boşqa yöl bilan taqdim etamiz.

4. Programmaning işlaşi yaxşimi özi?

"Yöq, biz sizga heç kim işlatmaydigan bölmağur dastur sotamiz!" - şunday deyişga, qöpollik qilişga şoşilmang! :)

Haridor aslida boşqa narsani nazarda tutmoqda. U dasturning imkoniyatlari haqida bilişni istayapti, ammo savolni töğri beriş uçun uning luğatida texnik jumlalar yöq bölgani bois, işlaşining yaxşiligi haqida söray oldi xolos. Bu holda dasturning qanday qulayliklar keltirişi va qanday qilib savdo aylanmasini köpaytira olişi haqida batafsil sözlab beriş kerak böladi.

5. Boşqa joyga örnatinglarmi? Qayerga örnatdinglar?

Dasturni qayerga örnatilgani sörovçiga ahamiyatli emas, unga dasturni sotib olganlarning fikrini biliş qiziq. Şu sababli dasturni qayerga örnatganimizni aytganimiz bilan bu qoniqarli javob bölmaydi. Eng töğri javob - "Saytimizga kirib dasturni işlatayotganlarning fikrlari bilan tanişib çiqişingiz mumkin".

6. Namunça qimmat?

Saytimizda narxni körib, keyin telefon qilib şu savolni berişsa, demak haridor şunçaki dasturning arzonroq muqobillaridan nimasi bilan afzalligini aniqlab olmoqçi. Uning baribir uşa arzonini tanlaşini bilsakda, unga dasturning qanday funksiyalari borligi haqida tuşuntiramiz.

Hozirça şu.

Yana qaytaramiz, aslida ğalati savollar bölmaydi. Şunçaki haridorning nimani sörayotganini aniqlab, savollarga batafsil javob berişimiz hamda öz mahsulotimizni yaxşi tomonlarini körsatib bera olişimiz kerak.

Omon böling!