Awakening Bangkok

Awakening Bangkok – yorug’lik dekoratsiyalarini o’z ichiga olgan festival bo’lib, har yili o’tkazib kelinar ekan. Men faqat bu yilgi festivalni tasodifan (har doimgidek) bilib qoldim va o’tgan shanbada dekoratsiyalarni aylanib chiqdim.

Instalyatsiyalardan biror ma’no izlash qiyin, manimcha shunchaki tomosha qilib, aylanib chiqish kerak. E’tiborli tarafi – ular bir joyda emas, 5-6 ko’chaga, asosan, kam ta’minlangan aholi yashaydigan ko’chalarga tarqalgan.

Misol uchun, ulardan biri – Horun jamoasi (mahallasi) Bangkokdagi eng qadimiy musulmon mahalla. Ularning o’z masjidi bor, Juma kuni kamdan-kam ingliz tilida ma’ruza qilinadigan masjidlardan biri. Kaminaning ham bu yerga ba’zi vaqtlarda ishi tushib turgan (Bangkokdagi dastlabki kunlarda halol go’sht qidirib; bir-ikki juma kunlari va Qurbon hayitida). Ayni shu mahallaga to’rtta dekoratsiya qo’yilgan ekan. Bu yerga dekoratsiyalarni qidirib kelganlarni ko’rib, yosh bolalar xursand edi.

Maqsad ham aslida dekoratsiya-festival bahona kam ta’minlangan mahallalarga e’tibor qaratish bo’lgandir balki. Masalan, men uchun dekoratsiyalar hech bo’lmaganda, bema’ni shakllardan ko’ra ko’proq ma’lumot bera oldi.

P.s.s. Dekoratsiyalar haqida bu yerda: https://www.timeout.com/bangkok/awakening-bangkok-2020-artworks