WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Kam ta'minlanganlarga yangi yil yordami

Taylandliklar bankomat oldida

Rasmda - bankomat oldida turgan xaloyiq. Odamlarning ust-boşini aytmasa, taniş manzara.

Tayland hukumati yangi yil oldidan yordam sifatida röyhatdagi kam ta'minlangan odamlarning kartalariga 500 bat ($16) tuşirib berdi. Şu sababli odamlar kartadagi mablağni tekşiriş va pul yeçib oliş uçun Krung Thai bankining bankomatlari oldida uzun navbat hosil qilişgan. Boşqa banklarning bankomatlarida ham bemalol pul yeçsa böladi, lekin bunda 220 bat komissiya tölaşga töğri keladi. Kambağalga öşa 220 bat ham kerakli pul.

500 batlik sovğa ulaşiş uçun soliq tölovçilarning 7.25 milliard bat puli ketgan. Demak davlatning kambağallar röyhatida 14.5 million odam bor, 70 millionga yaqin fuqarosi bor mamlakatning 20.7% aholisi noçor holatda yaşaydi degani bu. Ammo rasmiy ma'lumotlarga köra, Taylandning noçor aholisi 10% ni taşkil etadi.

Kambağallik çiziği Jahon bankiga köra kunlik daromad $1.90 bölsa, Tayland içidagi kambağallikning "qizil çiziği" kuniga 52 bat hisoblanadi. Kunlik daromadi 52 batdan kam bölganlar noçor hisoblanişadi. Ulardan soliq olinmaydi, daromadlaridan soliq tölamaydilar. Şu sababli bölsa kerak, köçada ovqat pişirib sotadiganlarga yoki mayda savdogarlarga "san-epidem" ham, "nalogoviklar" ham indaşmaydi.

Jahon bankining noçorlik indeksi böyiça, Özbekistonda oyiga 473 000 sömdan ($1.90 * 30 kun * 8300) kam topadiganlar kam ta'minlanganlarga kiradi. Xöş, Wikipedia'ning aytişiça, Özbekistonda noçorlik indeksi 2013-yilgi ma'lumotga köra 14% ekan. Konvertatsiya oçilgaç va inflyatsiyadan keyin indeksimiz 30% ga yaqinlaşib qolgan bölişi kerak. Örtaça oylik hali ham $500 mi yoki yöqmi, aniqlaştirişning hozir imkoni yöq.

Manba: https://www.bangkokpost.com/news/general/1591098