WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Yöqolgan futbol jamoasi

cave1

Bu Taylandning şimoliy çegarasi yaqinidagi, Don Nang (afsonaga köra nomi "Uxlayotgan ayol") toği etagida joylaşgan Tam Luang ğori, aniqroği ğor tizmasi. Uning yuzasi bir neça kilometrga çözilgan. Içida qadimgi budda ibodatxonasi ham bor va ğor Taylanddagi juda köp turistik maskanlardan biri hisoblanadi.

Ötgan haftadan boşlab Tayland ommaviy axborot vositalari, umuman taylandliklarning e'tibori mana şu ğorga qaratilgan bölsa kerak. 22-iyunda futbol jamoasi a'zolari bölgan 12 ösmir va ularning 25 yoşli murabbiyi keçga yaqin ğorga kirib bedarak yöqolişgan.

Aslida ularning ğorga kirib ketganini heç kim körmagan ham. Turistik mavsum noyabr oylarida boşlanişi bois, ğordan 500 metr uzoqlikda joylaşgan sayyohlarga xizmat körsatiş markazida ham heç kim bölmagan. Ğorga kiraverişda bolalarning velosipedlari, papkalari turgani uçun katta ehtimol bilan ğorga kirib ketişgan deb tahmin qilinyapti.

https://twitter.com/TRTWorldNow/status/1011436478881099776

"Ğorga kirib aylanib qidirib çiqişsa böldiku" deyiş mumkin. Töğri, bolalarni qidiriş ğoyib bölgan Malayziya samolyotini qidirişdan ança oson körinadi. Muammo şundaki, Taylandda hozir yomğirlar mavsumi davom etyapti va qidirişning dastlabki kunlarida yoğgan kuçli jala va vaqti-vaqti bilan yoğayotgan yomğirlar ğorning, umid qilamizki, oldi qismini suv bilan töldirib qöymoqda, qutqaruvçilarning içkarigaça kirib borişiga yöl qöymayapti. Ğorning ba'zi qismlarida suv sathi 5 metrgaça kötarilgan.

https://twitter.com/beegeejay63/status/1011332829240856576

Agar bolalar tarki-dunyolik uçun oziq-ovqat ğamlab içkariga kirib ketişmagan bölsa, vaqt ötgani sayin ularning hayoti tobora xavf ostida qolyapti. Şu sababli özi bir iş çiqarolmagan taylandlik qutqaruvçilarga Buyuk britaniyadan va AQŞdan qutqaruvçi guruhlari yordamga qöşilişgan. Afsuski XXI asrning yuksak texnologiyalari - suvosti robotlari, dronlar, AQŞliklarning suvosti qutqariş işlarida foydalanadigan ultratovuş sensorlari, tana issiqligini uzoqdan his qiluvçi sensorlar ham hozirça yordam berişga ojiz (Eslatib ötaman, ğor içi kilometrlarga çözilgan).

Umid qilaman, bolalar soğ omon topilişadi, oilalari bağriga qaytişadi.

"Sayohatçi" futbolçilarning yöqolişi antiqa baxtsiz hodisa köringani bilan, junglida odam yöqolgani haqidagi xabarlar tez-tez çiqib turadi. Köpinça, balki ingliz tilida iş yurituvçi naşrlar xorijliklar haqida köproq yozgani uçun bölsa kerak, yöqolgan odamlar sayyohlar bölişadi. Kamdan-kam holda ular topilgani haqidagi xabarni öqiymiz.

Taylandning yovvoyi tabiati odamni mahliyo qiladi. Sayyohlar odam oyoği yetmagan joylarga borişni, tabiiy gözallikdan bahramand bölişni xuş körişadi. Ammo yovvoyi tabiat öz nomi bilan yovvoyi. Yirtqiçlar, tinçlikni xuş köruvçi ulkan pitonlar ularni bezovta qilişlarini köp ham xohlaşmaydi.

Xullas, ehtiyot bölib yuriş kerak, ayniqsa kanalizatsiyasidan yoki avtomobillari kapoti içidan çiqib keladigan böğma ilonlari bor mamlakatda.

Tayland çiroyli, Taylandning tabiati gözal. Lekin ba'zi gözalliklarni fotograflarga havola qilib, odam hukmronlik qiladigan joylarda dam olgan ma'qul.

 

UPD: 02.07.2018. Bolalar ğorning içidan topilişdi. 10.07.2018. Barça bolalar va murabbiy çiqarib olindi.