Bangkok. Janubi-sharqiy Osiyodagi ulkan megapolis

"Tayland - arzon mamlakat!"
Bangkok'ga kelgan amerikalik yoki yevropalik sayyoh haqiqatdan ham shu gapni aytadi. Bu yerda $1-$2 dollarga har xil ovqat topish mumkin, turar joy narxi esa oyiga $100 dan boshlanadi.
Bino basseyni[/caption]
Ijarachilar uzoq muddatli haridorlarni ma'qul ko'rishadi, shuning uchun yillik shartnoma tuzish orqali ijaraga olganda narxni bir yarim baravargacha tushirishadi. Sug'urta sifatida ohirgi 2 oyning to'lovini depozit qilib oldindan olishadi, mijoz shartnomani buzib, belgilangan davr ohirigacha qolmasa 2 oylik to'lovi kuyadi.
Qisqa muddatli ijaralar uchun Airbnb eng maqbul tanlov.
BTS yerusti metrosi[/caption]
Jamoat transportlaridagi tartib hayron qoldirdi. Qayerda odam to'planadigan bo'lsa darhol bir chiziqda navbatda turishni boshlashadi. Hech kim "ohiri kimakan" yoki "shoshvotudim" deb tartibni buzmas ekan :)
[caption id="attachment_524" align="alignnone" width="800"]
Jamoat transportida navbat[/caption]
Taksilar arzon va ularda taksometr o'rnatilgan. Taksiga o'tirish bilan 35 bat yoziladi va har kilometrga 5 batdan qo'shib boriladi. Muhimi taksometr yoqilganiga ishonch hosil qilish kerak ;-)
Uch g'ildirakli tuk-tuk taksilar bilan esa narxi kelishiladi, odatda sayyohlarni ko'rgan tuktukchilar narxni otishadi, lekin savdolashib narxini 2-3 baravargacha tushirish mumkin.
[caption id="attachment_523" align="alignnone" width="800"]
Tuktuk[/caption]
Turar joy ijarasi
Yashash joyi bir necha kategoriyaga boʻlinadi:- Umumiy xona. Bir xonada 6-8 tagacha krovat boʻladi, koʻpincha 1-2 kechaga keladigan bekpeker (backpacker) sayyohlar turib ketishadi.
[caption id="attachment_518" align="alignnone" width="710"]
Umumiy xona[/caption] - Shaxsiy xona. Bizdagi kvartirantʼga oʻxshash. Ijara oluvchining shaxsiy xonasi boʻladi, hammom, oshxona va mehmonxonadan umumiy foydalaniladi.
- Studiya. Bir xonadan va hammomdan iborat joy. Mehmonxonalarning xonasiga oʻxshaydi.
[caption id="attachment_520" align="alignnone" width="800"]
Studiya[/caption] - Kondo. Yotoqxona, oshxona va mehmonxonaga ega kvartira.
Town-house. 2-3 etajli va hovlisi boʻlgan kichkina uy.
[caption id="attachment_519" align="alignnone" width="1000"]
Kondo[/caption]
Bino basseyni[/caption]
Ijarachilar uzoq muddatli haridorlarni ma'qul ko'rishadi, shuning uchun yillik shartnoma tuzish orqali ijaraga olganda narxni bir yarim baravargacha tushirishadi. Sug'urta sifatida ohirgi 2 oyning to'lovini depozit qilib oldindan olishadi, mijoz shartnomani buzib, belgilangan davr ohirigacha qolmasa 2 oylik to'lovi kuyadi.
Qisqa muddatli ijaralar uchun Airbnb eng maqbul tanlov.
Airbnb tajribasi haqida.
Transport
Bangkok aholisi 8 milliondan oshadigan katta megapolis, shu sababli katta tirbandliklar, odamlarning ko'pligi, tig'iz vaqtlarda metroga chiqish uchun navbatlarning yuzaga kelishi tabiiy hol. Shahar markazida va markaz yaqinida turadigan odam uchun mashina olish ortiqcha bo'lsa kerak: tez yurib bo'lmaydi parkovkaga ko'p vaqt ketadi. Konditsionersiz avtobuslar (hamma oynasi ochiq bo'ladi) narxi - 8 batdan 20 batgacha (avtobus turiga va marshrutga bog'liq). Alohida yo'lkaga ega tezyurar avtobuslar - BRT 15-18 bat. Yerusti metrosi - BTS tarifi 15 dan 59 batgacha. Yerosti metrosi - MRT 16-42 bat. Aeroportga olib boruvchi temir yo'l narxi 45 batgacha. [caption id="attachment_522" align="alignnone" width="800"]
BTS yerusti metrosi[/caption]
Jamoat transportlaridagi tartib hayron qoldirdi. Qayerda odam to'planadigan bo'lsa darhol bir chiziqda navbatda turishni boshlashadi. Hech kim "ohiri kimakan" yoki "shoshvotudim" deb tartibni buzmas ekan :)
[caption id="attachment_524" align="alignnone" width="800"]
Jamoat transportida navbat[/caption]
Taksilar arzon va ularda taksometr o'rnatilgan. Taksiga o'tirish bilan 35 bat yoziladi va har kilometrga 5 batdan qo'shib boriladi. Muhimi taksometr yoqilganiga ishonch hosil qilish kerak ;-)
Uch g'ildirakli tuk-tuk taksilar bilan esa narxi kelishiladi, odatda sayyohlarni ko'rgan tuktukchilar narxni otishadi, lekin savdolashib narxini 2-3 baravargacha tushirish mumkin.
[caption id="attachment_523" align="alignnone" width="800"]
Tuktuk[/caption]
Maslahat: Taksining narxini bilish uchun Grab dasturida turgan joyingiz va boradigan manzilingizni belgilang (lekin buyurtma bermang), dastur tahminiy narxni ko'rsatib beradi. Taksometr-taksiga chiqadigan bo'lsangiz, tahminiy narxdan arzonroqqa ham borasiz.Motobayk taksilar qisqa masofaga hamda ko'chalarning ichiga kirib borishga qulay vosita hisoblanadi. Katta ko'chalarda va magistrallarda motobaykda yurish qo'rqinchli. Bu yerda ham tuk-tuk taksilar singari narxi avvaldan kelishiladi. Motobayk va tuk-tuk taksilar yo'l qoidalariga ko'p ham rioya qilishmaydi: qizilda o'tishadi, qarama-qarshi yo'lga chiqib ketishadi, polosadan polosaga sakrashadi va piyodalar yo'lakchasini ham begona qilishmaydi. Ular ishtirokidagi yo'l transport hodisalari Bangkokdagi umumiy YTHlarning 70% dan ortig'iga to'g'ri keladi, shu sababli Bangkok eng ko'p yo'l transport hodisasi sodir bo'ladigan shaharlardan biri va YTHning o'lim bilan tugash darajasi yuqori.