WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Karantin haqida

Karantin haqida

Taylandda hammani yoppasiga uyga tiqişmadi, ya'ni lockdown'ning zarurati bölmadi. Savdo markazlari, xizmatlar yopildi, lekin kafe va restoranlarni dostavka uçun oçiq qoldirişdi. Şuningdek keçki 10 dan ertalabki 4 gaça kommendantlik soatini joriy qilişdi. Kasallanganlar soni kuniga 10 dan kam qöşilmoqda, şu sababli bu haftadan boşlab aholi işga qaytişni boşladi, köçadagi tirbandliklar ham odatdagi holiga qaytdi.

Biz 25-martdan 24-aprelgaça, bir oy uyda ötirib işladik. Karantin ta'siri va karantin asosida çiqarilgan xulosalar:

  • men oilam bilan özi şundoq ham karantinda ekanmiz. Ofisdagi hamkasblarni hisobga olmasa, Bangkokda birga gaplaşib ötiradigan yaqinlar yöq. Karantin unça bilinmadi ;)
  • barça narsani dostavka qildirsa böladi. Uydan çiqişning hojati yöq
  • onlayn boğça yaxşi ideya emas. Bola bir yarim soat bitta joyda ötirolmaydi
  • işga boriş-qaytişdagi bir soat vaqtni boşqa foydali işlarga sarflasa böladi
  • yangi video-proyekt boşladik. Kontentni köpaytirib olganimizdan söng kanal haqida xabar beraman
  • https://hilolnashr.uz/ elektron kitoblarni bepul qilib qöygani uçun rahmatli Şayh hazratlarining kitoblarini bittalab öqib çiqyapman.