WORQ kovorking ofisi

WORQ

WORQ kovorking markazini tanishtirishdan oldin kovorking o’zi nima ekanligi haqida to’xtalib o’taman. Kovorking (co-working) – umumiy holda birnecha soha vakillarining bitta joyda yig’ilib ishlashiga aytiladi, ular yig’iladigan joy esa kovorking ofis deyiladi.

G’alati savollar. Mijoz har doim haqmi?

call-markaz

Haridorlarga xizmatlarni taklif etish davomida yoki ularning qo’ng’iroqlariga javob berganimizda, ular tomonidan beriladigan, ko’p hollarda qaytariladigan, ba’zilari g’alati bo’lgan savollarga javob berishga majbur bo’lamiz. Ammo bizning holatda qisqa yoki qo’pol javobdan ko’ra, batafsil tushuntirish, haridorda ishonch paydo bo’lishiga olib keladi.

DHL. Tushunarsiz tarifikatsiya

DHL

Aptekalar hisobini yurituvchi dasturiy ta’minotimiz – APPTECA bo’yicha mijozlar telefon qilishganda, ko’pincha chek printeri va shtrix-kod skaner ham sotuvda borligi, ularni pul o’tqazish yo’li bilan harid qilish imkoniyati haqida qiziqishardi. Ularga yengillik yaratib berish uchun, o’zimiz birnecha printer va skanerlar sotib olib, ularni mijozlarga oylik to’lov asosida ijaraga berishni boshlamoqchi bo’ldik.

Uchrashuv

To’y. Chiroyli tarzda bezatilgan restoran mehmonlarni kutib olmoqda. Kelin-kuyovning kelishi uchun barchasi muhayyo. Restoran ichi yal-yal yonadi, ayniqsa kelin-kuyov o’tiradigan stol atrofi turli xil gullar bilan bezatilgan. Mehmonlar esa to’yning boshlanishini sabrsizlik bilan kutishmoqda.

Talabalar

Uxlayotgan talabalar

Haydovchimiz Abror o’zining «Zangiota-Otchopar» yo’nalishi bo’yicha qatnashga mo’ljallangan Damas mashinasida ertalab semiz-ozg’in yo’lovchilarni bozorga olib kelib tashlagach o’qishga keladi va bir kun avval kechasi bo’lib o’tgan choyxona yoki qandaydir munosabat bilan o’tkazilgan yig’ini sababli chala qolgan uyqusini orqa partalardan biriga cho’zilgancha hech kimga xalaqit bermay, ya’ni xurrak otmay davom ettiradi.

Ish jarayonida vaqtdan unumli foydalanish

Vaqtni hisoblash

Ko’pgina dasturchilar ertalab ofisga kelgach birinchi navbatda bugungi qilinishi kerak bo’lgan vazifalar ro’yhatini ochmasdan, internetda Facebook, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarga kirib 1 soatga yaqin vaqtni isrof qilishadi. Vaholanki, aqliy faoliyat uchun eng yaxshi vaqt 10:00-12:00 oralig’i hisoblanadi.