Kollejda o’qib yurgan vaqt… kompyuter xonasiga kirdim. Excel bo’yicha dars bo’layotgan ekan. Bitta kompyuterga ikkitasi o’tirib olgan. Birinchisi o’g’il bola daftardagini o’qib turardi:
– «A1 katakka o’tish uchun, sichqoncha kursorini A1 katak ustiga olib borish kerak va sichqonchani chap tugmasini bosish kerak».
Ikkinchisi, chiroyli qiz, nozik barmoqlari bilan o’ng qo’liga «sichqoncha»ni ushlab olgan, chap qo’li bilan sharigini aylantirardi. Borib so’radim:
– Nima qilyapsiz?
– Nima deganiz… «mishka»ni kursorini yurg’izyapman.
– Nega endi bunday qilib..?
– A, yana qanday ishlatish mumkin?…
* * *
Biz bir bola bilan veb-dizayn to’g’risida gaplashgandik, u bu ish juda osonligini aytganida men uni bu sohada «professor» bo’lsa kerak deb o’ylagandim. Keyin bilsam, u hech qanday HTML kod ishlatmay(javascript haqida gap bo’lishi mumkin emas!) photoshop’da rasm ishlab uni to’g’ridan-to’g’ri IExplorer oynasiga qo’yarkan.
* * *
Kollejda kompyuterda o’tirgandim, bir o’quvchi «Ma’naviyat va ma’rifat» fanidan internetda referat topib berishimni so’radi(30 varaqli referat, buning ustiga kompyuterda yozilgan bo’lishi talab qilinardi). Men ko’p joyni qarab chiqdim, topolmadim.
Shunda u umidvor ko’zlari bilan qarab:
– Balki boshqa internetdan qidirib ko’rish mumkindir, – dedi.
* * *
Do’stimnikida o’tirgandim, uning rassom do’sti kelib qoldi. Rassom noutbook sotib olgan ekan, rasm chizishni kompyuterda o’rganmoqchi ekan. Paint’ni ochdi. rasmni bir qismini qirqib olib boshqasiga qo’yishni bilmayotgan ekan. Unga do’stim aytdi:
– Endi UNDO divor!
Rassom ekranga qaradi, va ishonchsizlik bilan baqirib qoldi:
– Andu-uu…
* * *
Kompyuter firmasida vaqtinchalik ishlayotgandim. Firma menejeri mijozlarga sidqidildan yaxshi xizmat ko’rsatardi. Baxtsiz hodisa tufayli, hirurgiya bo’limiga «ishi tushib» qoldi.
Uch kundan so’ng tel qilgandim:
– Man yaxshiman, doktorlarga ikkita kompyuter sotdim, darrov buyurtmani yuboring…
* * *
download.com’dan qandaydir dasturini ko’chirib oldim. Dasturga kirishim bilan format:c va tezlikda formatlarni protsenti o’ta boshladi. Keyin kompyuter qotib qoldi. Man buni hazil deb o’yladim va perezagruzka qildim. Kompyuter C: disk yo’qligi haqida yozuv chiqardi. Yana besh marta perezagruzkadan keyin Vinchesterning yarmi formatlangani haqidagi yozuv chiqdi.
Man holatimni hozir tushuntirib bera olmayman. Man shokda edim…
Yana perezagruzkadan keyin yozuv chiqdi: «Bu hazil edi. Kompyuterni yana bir marta perezagruzka qiling. kompyuter normal ishlay boshlaydi». Shundan so’nggina o’zimga keldim…