WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Hajviy hikoyalar

1_fkzcxrIIGwjS15HBk5Agyw

Kollejda öqib yurgan vaqt... kompyuter xonasiga kirdim. Excel böyiça dars bölayotgan ekan. Bitta kompyuterga ikkitasi ötirib olgan. Birinçisi öğil bola daftardagini öqib turardi:

  • "A1 katakka ötiş uçun, siçqonça kursorini A1 katak ustiga olib boriş kerak va siçqonçani çap tugmasini bosiş kerak".

Ikkinçisi, çiroyli qiz, nozik barmoqlari bilan öng qöliga "siçqonça"ni uşlab olgan, çap qöli bilan şarigini aylantirardi. Borib söradim:

  • Nima qilyapsiz?
  • Nima deganiz... "mişka"ni kursorini yurğizyapman.
  • Nega endi bunday qilib..?
  • A, yana qanday işlatiş mumkin?...

Biz bir bola bilan veb-dizayn töğrisida gaplaşgandik, u bu iş juda osonligini aytganida men uni bu sohada "professor" bölsa kerak deb öylagandim. Keyin bilsam, u heç qanday HTML kod işlatmay(javascript haqida gap bölişi mumkin emas!) photoşop'da rasm işlab uni töğridan-töğri IExplorer oynasiga qöyarkan.


Kollejda kompyuterda ötirgandim, bir öquvçi "Ma'naviyat va ma'rifat" fanidan internetda referat topib berişimni söradi(30 varaqli referat, buning ustiga kompyuterda yozilgan bölişi talab qilinardi). Men köp joyni qarab çiqdim, topolmadim.

Şunda u umidvor közlari bilan qarab:

  • Balki boşqa internetdan qidirib köriş mumkindir, - dedi.

Döstimnikida ötirgandim, uning rassom dösti kelib qoldi. Rassom noutbook sotib olgan ekan, rasm çizişni kompyuterda örganmoqçi ekan. Paint'ni oçdi. rasmni bir qismini qirqib olib boşqasiga qöyişni bilmayotgan ekan. Unga döstim aytdi:

  • Endi UNDO divor!

Rassom ekranga qaradi, va işonçsizlik bilan baqirib qoldi:

  • Andu-uu...

Kompyuter firmasida vaqtinçalik işlayotgandim. Firma menejeri mijozlarga sidqidildan yaxşi xizmat körsatardi. Baxtsiz hodisa tufayli, hirurgiya bölimiga "işi tuşib" qoldi.

Uç kundan söng tel qilgandim:

  • Man yaxşiman, doktorlarga ikkita kompyuter sotdim, darrov buyurtmani yuboring...

download.com'dan qandaydir dasturini köçirib oldim. Dasturga kirişim bilan format:c va tezlikda formatlarni protsenti öta boşladi. Keyin kompyuter qotib qoldi. Man buni hazil deb öyladim va perezagruzka qildim. Kompyuter C: disk yöqligi haqida yozuv çiqardi. Yana beş marta perezagruzkadan keyin Vinçesterning yarmi formatlangani haqidagi yozuv çiqdi.

Man holatimni hozir tuşuntirib bera olmayman. Man şokda edim...

Yana perezagruzkadan keyin yozuv çiqdi: "Bu hazil edi. Kompyuterni yana bir marta perezagruzka qiling. kompyuter normal işlay boşlaydi". Şundan sönggina özimga keldim...