ANYKEY qayerda? (Latifalar)

Hakerni yuzerdan farqi nimada?
Haker parolni uch marta teradi, yuzer bo’lsa besh marta.

* * *

Ikki haker uchrashdi. Biri so’radi:

– Qaysi provayderni ishlatayapsan?
– BKP.
– ?…
– Buzilgan Kompyuterlar Provayderi.

* * *

Ruslar stomatologiyasining rasmiy sayti: www.zubov.net

* * *

Butunjahon axborot havfsizligi jamiyati hakerlarni qidirib topish va ularni yo’qotish uchun 100 000 ta ko’ngilli yuzerlarni chorlashdi. Hakerlar bundan qo’rqishmadi, zero qo’ylarning ko’pligi qassobga qiyinchilik tug’dirmaydi.

* * *

Bola zooparkda gorillalarni ko’rib qoldi va onasiga dedi:

– Oyi qarang, programmistlar!
– Nega unday deyapsan?
– Hamma yoqlarini tuk bosib ketibdi, o’tiraverganlaridan orqalari ham qizil!

* * *

Vebmaster ishga kirishida blanka to’ldiryapti:

Bo’yi: 180
Og’irligi: 71
Ko’zining rangi: #44AAFF

* * *

Programmist va shamanning ishi deyarli bir-biriga o’xshaydi: dastlab o’zlari nima qilishayotganini tushunishmaydi, keyin ularning ishini hech kim tushuntirib berolmaydi.

* * *

Sankt-Peterburg hakerlari Microsoft tarmog’ini buzishdi va korporatsiyaning yandi kalit kodlarini o’zgartirib qo’yishdi. Microsoft esa ularga minnatdorchilik bildirdi: endi hammasi ishlayapti.

* * *

Microsoft o’zining yangi dasturlarini sinovdan o’tkazish uchun o’taketgan jinni, qiyshiq qo’lli, ko’zi «ketgan», va umuman kompyuterda ishlamagan malakali hodimlarni ishga taklif qiladi.

* * *

2025-yil… Bolalar bog’chasi. Bola qizdan so’radi:
– Sani ota-onang qaysi chatda tanishishgan?…

* * *

– Bu o’ta axloqsizlik… Kompyuter orqali tanishuv! – dedi ota o’g’liga.
– Siz oyim bilan qanday tanishgansiz?
– Oddiy. Uni qimorda yutvoganman.

* * *

O’g’il programmist otasidan so’radi:

– Ada, adres so’zi ikkita s bilan yoziladimi bitta bilanmi?
– Qisqasi, URL deb yoz, yotib uxla

* * *

– Allo, bu texotdelmi?! Man parolni teryapman – lekin kirmayapti
– Demak, parolni to’g’ri yozish kerak.
– To’g’ri yozyapman. Beshta yulduzcha!

* * *

Kompyuter magazinida boy, lekin kompyuterni hech narsasini tushunmaydigan honimga kompyuter sotishyapti:

– Mana «qattiq disk»ning eng yaxshisini qo’yvomman.
– Yaxshisi qattiq bo’ladimi?

* * *

www.biblio-globus.ru saytidan M. Shoyxerning «Linuxni o’rnatish va unda ishlash» kitobi qidirildi va u Xalqaro Fantastika markazi kutubxonasidan topildi.

* * *

Bu juda kulgili, haliyam ko’pchilik klaviaturasidan Any Key’ni qidirish bilan ovora.

* * *

IBM = I Buy Microsoft

* * *

Yaqin orada Windowsning yangi versiyasi chiqadi. Unda reset tugmasi faqat registratsiyadan o’tgan foydalanuvchilar uchun ishlaydi.

* * *

Microsoft dasturlarini o’rnatganingizda so’nggida shunday yozuv chiqadi:
«Biz uzoq va qiyinchilik bilan ishladik. Dasturdan bahramand bo’ling!»

Microsoftning ba’zi dasturlarini ishlatganingizdan so’ng firma o’z yozuvini o’zgartirishni xohlab qoladi va tahminan shunday ko’rinishga keladi:
«Biz uzoq va qiyinchilik bilan ishladik. Endi sizning navbatingiz!»

Windowsni qaytadan o’rnatish muzlatgichning yaxlatishiga o’xshaydi. Yordam beradi, lekin uzoq vaqt emas…

«Кто хочеть стать миллионером» o’yini ketmoqda.

O’yinchi: Ikki noto’g’ri javobni olib tashlashingizni so’rayman.

Boshlovchi: Hurmatli kompyuter, iltimos, ikki noto’g’ri javobni chiqarib tashlang.

Monitordagi yozuv: «Программа выполнила недопустимую ошибку и будет закрыта».

Boshlovchi: Microsoft kompaniyasi buyrug’iga ko’ra reklama…

NASAning MKSni osmonga qaysi dastur bilan uchirish haqidagi press-konferensiyasi ketmoqda.

– Aytingchi, MKS Windowsda uchadimi.

– Siz qayerda ko’rgansiz, Windowsda biror narsa uchganini?

Windowsda ishlash samolyotda to’xtovsiz uchishga o’xshaydi… Jonga tegadi, lekin hech qayerga chiqa olmaysiz!