ANYKEY qayerda? (Latifalar)

Hakerni yuzerdan farqi nimada?
Haker parolni uch marta teradi, yuzer bo'lsa besh marta.
* * *
Ikki haker uchrashdi. Biri so'radi:
- Qaysi provayderni ishlatayapsan?
- BKP.
- ?...
- Buzilgan Kompyuterlar Provayderi.
* * *
Ruslar stomatologiyasining rasmiy sayti: www.zubov.net
* * *
Butunjahon axborot havfsizligi jamiyati hakerlarni qidirib topish va ularni yo'qotish uchun 100 000 ta ko'ngilli yuzerlarni chorlashdi. Hakerlar bundan qo'rqishmadi, zero qo'ylarning ko'pligi qassobga qiyinchilik tug'dirmaydi.
* * *
Bola zooparkda gorillalarni ko'rib qoldi va onasiga dedi:
- Oyi qarang, programmistlar!
- Nega unday deyapsan?
- Hamma yoqlarini tuk bosib ketibdi, o'tiraverganlaridan orqalari ham qizil!
* * *
Vebmaster ishga kirishida blanka to'ldiryapti:
Bo'yi: 180
Og'irligi: 71
Ko'zining rangi: #44AAFF
* * *
Programmist va shamanning ishi deyarli bir-biriga o'xshaydi: dastlab o'zlari nima qilishayotganini tushunishmaydi, keyin ularning ishini hech kim tushuntirib berolmaydi.
* * *
Sankt-Peterburg hakerlari Microsoft tarmog'ini buzishdi va korporatsiyaning yandi kalit kodlarini o'zgartirib qo'yishdi. Microsoft esa ularga minnatdorchilik bildirdi: endi hammasi ishlayapti.
* * *
Microsoft o'zining yangi dasturlarini sinovdan o'tkazish uchun o'taketgan jinni, qiyshiq qo'lli, ko'zi "ketgan", va umuman kompyuterda ishlamagan malakali hodimlarni ishga taklif qiladi.
* * *
2025-yil... Bolalar bog'chasi. Bola qizdan so'radi:
- Sani ota-onang qaysi chatda tanishishgan?...
* * *
- Bu o'ta axloqsizlik... Kompyuter orqali tanishuv! - dedi ota o'g'liga.
- Siz oyim bilan qanday tanishgansiz?
- Oddiy. Uni qimorda yutvoganman.
* * *
O'g'il programmist otasidan so'radi:
- Ada, adres so'zi ikkita s bilan yoziladimi bitta bilanmi?
- Qisqasi, URL deb yoz, yotib uxla
* * *
- Allo, bu texotdelmi?! Man parolni teryapman - lekin kirmayapti
- Demak, parolni to'g'ri yozish kerak.
- To'g'ri yozyapman. Beshta yulduzcha!
* * *
Kompyuter magazinida boy, lekin kompyuterni hech narsasini tushunmaydigan honimga kompyuter sotishyapti:
- Mana "qattiq disk"ning eng yaxshisini qo'yvomman.
- Yaxshisi qattiq bo'ladimi?
* * *
www.biblio-globus.ru saytidan M. Shoyxerning "Linuxni o'rnatish va unda ishlash" kitobi qidirildi va u Xalqaro Fantastika markazi kutubxonasidan topildi.
* * *
Bu juda kulgili, haliyam ko'pchilik klaviaturasidan Any Key'ni qidirish bilan ovora.
* * *
IBM = I Buy Microsoft
* * *
Yaqin orada Windowsning yangi versiyasi chiqadi. Unda reset tugmasi faqat registratsiyadan o'tgan foydalanuvchilar uchun ishlaydi.
* * *
Microsoft dasturlarini o'rnatganingizda so'nggida shunday yozuv chiqadi:
"Biz uzoq va qiyinchilik bilan ishladik. Dasturdan bahramand bo'ling!"
Microsoftning ba'zi dasturlarini ishlatganingizdan so'ng firma o'z yozuvini o'zgartirishni xohlab qoladi va tahminan shunday ko'rinishga keladi:
"Biz uzoq va qiyinchilik bilan ishladik. Endi sizning navbatingiz!"
Windowsni qaytadan o'rnatish muzlatgichning yaxlatishiga o'xshaydi. Yordam beradi, lekin uzoq vaqt emas...
"Кто хочеть стать миллионером" o'yini ketmoqda.
O'yinchi: Ikki noto'g'ri javobni olib tashlashingizni so'rayman.
Boshlovchi: Hurmatli kompyuter, iltimos, ikki noto'g'ri javobni chiqarib tashlang.
Monitordagi yozuv: "Программа выполнила недопустимую ошибку и будет закрыта".
Boshlovchi: Microsoft kompaniyasi buyrug'iga ko'ra reklama...
NASAning MKSni osmonga qaysi dastur bilan uchirish haqidagi press-konferensiyasi ketmoqda.
- Aytingchi, MKS Windowsda uchadimi.
- Siz qayerda ko'rgansiz, Windowsda biror narsa uchganini?
Windowsda ishlash samolyotda to'xtovsiz uchishga o'xshaydi... Jonga tegadi, lekin hech qayerga chiqa olmaysiz!