Foydalanuvçi kundaligidan

18-iyul. Man 'Sarkor'ga ulanişga harakat qilib kördim. Uni juda qiziq deb eşitgandim. Lekin ulanolmadim. Bilmadim nimasini notöğri qilgan ekanman...
19-iyul. Kompyuter magazini işçilaridan birini aytişi böyiça menga modem kerak emiş. Bilmadim nimaga, manimça ular manga "töğri tuşuntirmoqçi" edi. Ular mani heç nimani tuşunmaydi deb öylaşadi şekilli...
22-iyul. Modem sotib oldim lekin uni qayerga ulaşni bilmayapman. U monitorgayam, printergayam ulanmadi....
23-iyul. Modem ulandi. Qöşnimni öğli (u 9 yoş) kompyuterga ulab ketdi, Lekin modem baribir işlamayapti. Man Sarkorga ulanolmayapman...
25-iyul. 9 yoşli qöşnimni öğli manga programma olib kelib berdi. U "lyuboy" kompyuter magazinlaridagi sotuvçilardan aqlliroq. Ular manga modem sotişganda modemga qönğiroq qiliş uçun manga maxsus programma kerak böladi deyişgandi. Lekin man aniq bilaman ular buni bilişmaydi. Nimaga modem orqasida ikkita telefon simi tiqadigan joy bor? Bittasi nimaga kerak? Nimaga bittasiga phone deb yozilgan? Uni devorda osilib turgan telefon "rozetka"siga bir amallab uladim. Modem ovozi judayam kulgili ekan! Şovqinga qöşnilar yugurib çiqişdi. Qöşnimning öğli ovozini öçiriş mumkin deb aytdi.
26-iyul. Internet nima? Man Internet va Sarkor bitta narsa deb öylagandim...
27-iyul. Qöşnimning öğli terminaldan qanday foydalanişni örgatdi. Man unga aqllisan desam, buni köpçilik qila oladi dedi. U özini kamtarlikka soldi şekilli...
28-iyul. Man icq degan chatda gaplaşmoqçi böldim. Kompyuterga gapirgandim, heç narsa yuz bermadi. Endi mikrofon oliş kerak ekan...
29-iyul. Man gaplaşadigan konferensiyani topdim. Ajoyib!!!
30-iyul. konferensiyadagi odamlar boş katta harflarni işlatişmoqda, ular qanday işlatişyapti? Man umuman katta harflarda yozolmadim. Buning uçun boşqa klaviatura kerakmikin?...
31-IYUL. MAN KOMPYUTER SOTIB OLGAN MAGAZINGA TELEFON QILIB, MANDA BOŞ
HARFLARNI YOZADIGAN KLAVIŞA YÖQ DEB AYTDIM. ULAR DARXOL BUNING UÇUN CAPS LOCK TUGMASINI BOSIŞ KERAK DEYIŞDI. NEGA ULAR BUNIMENGA DARHOL AYTIŞMADI? KEYIN, MANDA NOTÖĞRI KLAVIATURA, BITTA SHIFT TUGMASI IKKINÇISIDAN KATTAROQ, DEDIM. ULAR BU STANDARTLIGINI AYTIŞDI. MAN STANDART KLAVIATURA XOHLAMAYMAN, TÖĞRI KLAVIATURA XOHLAYMAN. BU GAPLARIMNI EŞITIŞ UÇUN BUTUN NAVOIY KÖÇASIDAGILAR TÖPLANIŞDI...
1-AVGUST. MAN SU.ÇAINIK DEGAN TÖLQIN TOPDIM. MANGA BU YERDA ÖZ SAVOLLARINGIZGA JAVOB OLASIZ DEYIŞGANDI. U YERGA INTERNET VA KOMPYUTER HAQIDA 44 TA SAVOLLAR YUBORDIM. TEZ ORADA JAVOBLARI KELIŞI KERAK...
2-AVGUST. BUGUN RU.ANEKDOT TÖLQININI TOPDIM. U YERGA HAM 56 TA ÇEKIŞ VA IÇIŞ HAQIDA LATIFALAR YUBORDIM. MANZILINI TÖĞRI YOZGANIMGA IŞONÇ HOSIL QILIŞ UÇUN XATNI 4 MARTA YUBORDIM. ÖZBEKÇA LATIFALAR TÖLQINI BORMIKIN...
3-AVGUST. MAN WWW DEB ATALUVÇI BUTUN DUNYO "ÖRGIMÇAK TÖRI"GA KIRYAPMAN. ÖRGIMÇAK TÖRI ŞUNÇALIK KATTA BÖLADI DEB HEÇAM ÖYLAMAGANDIM...
4-AVGUST. SU.ÇAINIKDAGI MODERATOR SAVOLLARIMGA JAVOB BERDI. JAVOBLARI QISQA-QISQA, KÖPIGA TUŞUNMADIM. KEYIN MAN SU.ÇAINIKNI TÖLQIN DEB ATAMASLIGIM KERAK EMIŞ. U "ADRES" EKAN. TAVBA, NIMA MANZILINI SÖRASA SU.ÇAINIK DEB JAVOB BERADIMI?...
5-AVGUST. KIMDIR FAQNI ÖQIŞIMNI MASLAHAT BERGANDI. ULAR FAQ FAQAT HEÇ NARSANI BILMAYDIGANLAR UÇUN EKANINI BILIŞARMIKIN?
6-AVGUST. KIMDIR MANGA XAT YOZGANIMDA BAQIRIŞNI BAS QILIŞIMNI SÖRAGANDI. AHMOQ! MAN BAQIRMAYMAN. GAPIRMAYMAN HAM. FAQAT YOZAMAN. UNI AYTIŞI BÖYIÇA KATTA HARFLAR BILAN YOZIŞ BAQIRIŞ EKAN!...
7-avgust. Caps lock nimaga kerak? Baribir uni işlatmasam. Caps lock knopkasi yöq klaviatura olaman. U yaxşiroq bölsa kerak...
8-avgust. Manga qayerdandir xat keldi. Unda köp pul işlab topiş yozilgan ekan. Man ham köp pul topişni xohlayman. Qoidalarini töldirib özim bilgan hamma tölqinlarga yubordim.
9-avgust. Qaysidir tölqinda must die lamerlarini öqidim. Ular yer yuzida köp bölar ekan. Endi lamer kimligini biliş qoldi...
10-avgust. Man Tetrisni ohirgi versiyasini qayerdan köçirib olişni söradim. Bir yigit manga COM.SOFTPORTAL degan tölqinda böladi deb aytdi. U yerga kirdim lekin topolmadim.
11-avgust. Hamma tölqinlardan qanday qilib köçirib olişni söradim. Qöşnimni öğlidan sörolmadim. Ota-onasi uni manikiga boşqa mehmonga çiqarişmadi. Çunki, u manikidan qaytib çiqqandan söng tinmasdan yotvolib kular ekan. Nimaga kulişini bilmadim. Man kulgini yaxşi his qilolmasam kerak. RU.ANEKDOT tölqiniga nimagadir mani içiş va çekiş haqidagi latifalarim yoqmabdi. Ular faqat Afandini latifasini yoqtirişadi şekilli...
12-avgust. Nihoyat köçirib olişni bilvoldim. U "скачать" degan yozuvda bölar ekan. UZ.MP3 tölqinidan özim yoqtirgan "Titanik" aşulasini bir soatda köçirib oldim. Tezroq köçiradigan boşqa Internet bormikin.
13-avgust. Sarkorga boşqa ulanolmadim. Qandaydir hisobimda pulim qolmaganmiş... : (
14-avgust. Man şaharda Sarkordan boşqasi borligini bildim. Ularga ham telefon qilib köraman...