WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

UNIX operatsion sistemasi

UNIX-คืออะไร

Unix operasion sistemasining paydo bölişiga sabab, bu Ken Tompsonning “Space Travel” kompyuter öyinini yaratilişi hisoblanadi. U MAC ni işlab çiqiş uçun möljallangan, Honeywell 635 kompyuterida 1969 yil amalga oşirgan. Şu vaqtning özida Ken Tompson, Dennis Ritçi va boşqalar takomillaşgan fayllar sistemasini taklif etişdi, bunga öxşaşi General Electric 645 kompyuterida qöllanilayotgan edi. Biroq GE-645 kompyuterlari yetarli darajada effektivlikka ega emas edi, Space Travelni qondira olmas edi. Tompson dasturni örnini bosuvçi, öşa vaqtda işlab çiqarilgan 18-razryadli PDP-7 kompyuterini topdi. Bu kompyuter 4-kilosözli tezkor xotirali va sifatli grafikli displeydan iborat edi.

PDP-7 ga öyin ötkazilgan söng, Tompson şu kompyuterga oldin işlab çiqqan fayllar sistemasini qöllaşga ahd qildi. Bu işlarni amalga oşiriş uçun qöşimça talab BELL LABS kompaniyasining arzon va qulay sistemalarga muhtojligi. Yaqin orada bu fayllar sistemasi PDP-7 da işlay boşladi, şuningdek, bu sistema inodes degan tuşunçani, xotira va prosessorlarni sistema osti boşqarilişini, oddiy komanda interpretatiori va bir neça utilitalarni qöllaydi. Bularning hammasi UNIX operasion sistemasi edi.

Bu nomni Brayan Kernigan öylab topgan. U ikki foydalanuvçili sistemani UNICS deb kompaniyani taklif etdi. (Uniplexed Information and Compyuteng System). Keyinçalik UNICS UNIX ga aylantirildi.

UNIX operasion sistemasining birinçi foydalanuvçilari bölib Bell Labs patentlangan bölimi işçilari edi. Biroq PDP-7 bilan boğliq bir muammolar turar edi. Birinçidan bu maşina kompyuterlar guruhiga kirmas edi. Ikkinçidan bu kompyuterning imkoniyatlari talab darajada emas edi. Şuning uçun ham 1971 yilda Digital Equipment PDP-11/20 firmasining 16 razryadli kompyuterlari xarid qilindi va unga UNIX köçirildi. Şu vaqtgaça assembler tilida yaratilgan sistema varianti bor edi,şuning uçun ham sistemani köçiriş oson emas edi: PDP-11 da sistema köproq foydalanuvçilarni qondira olar edi. Undan taşqari, matnli hujjatlarni formatlovçi roff utilitasini qölladi. U ham assembler tilida yozilgan edi.

1971 yil noyabr oyida operasion sistema UNIX hujjatlari böyiça birinçi naşr çiqarildi. Bu “Birinçi naşr”ga asosan hujjatlarga mos bölgan tizimning varianti ham şunday nomlandi. Keyinçalik bu an’anagta aylandi: operasion sistema UNIX ning yangi naşri çiqişda e’lon qilinardi.

Ikkinçi naşr 1972 yil çiqdi. Uning asosiy xususiyati şundaki, sistema “B” (Bi) tilida qayta yozilgan edi. Til hamda dasturlaşning qayta işlovçi tizimi Ken Tompson tomonidan, mavjud BCPL tili ta’sirida işlab çiqilgan edi. Uşbu naşrda dasturlaş kanallari (pipes) paydo böldi.

Yangi, assembler tilida bölmagan tizim variantining paydo bölişi salmoqli qadam böldi. Ammo BI tili işlab çiqaruvçilarni qoniqtirmasdi. BCPL tiliga öxşaş Bi til ham maşina söziga asoslanadigan faqat bir turidagina amal qilardi. Doim dasturlaş tillari bilan şuğullanuvçi Dannes Ritçi tilga turlar tizimini (sistema tipov) qöşiş orqali Bi tilning imkoniyatlarini kengaytirmoqçi böldi. Bu vaqtda operasion sistema UNIX ning 25 taga yaqin qurilmalari mavjud edi, u “4-naşr” edi.

1974 yil iyulida Tompson va Ritçi Communications of ACM jurnalida sistema tarixida yangi bosqiçni boşlab bergan UNIX Time Şaring System tarixiy maqolani çop etdilar. Bunga Bell Labs konpaniyasining siyosati sabab böldi. Ular UNIX boşlanğiç tekstlarini bepul oliş imkoniyatini e’lon qildi. (pul faqatgina taşuvçi va hujjatlar uçun tölanardi).

Şu vaqtga kelib çiqqan “5-naşr”ni birinçi bölib Kaliforniya Universiteti (Berkli şahri) va Janubiy Eel’s yangi universiteti (Avstraliya, Sidney şahri) oldi.

Foydalanuvçi interfeysi.Foydalanuvçi bilan UNIX tizimini aloqasi an’anaviy usul buyruqlar tilida amalga oşadi. (ammo hozirgi davrda grafik interfeyslar ommalaşmoqda).

Foydalanuvçi sistemaga kirgaç, u uçun buyruqli interpretatorlardan biri joriy etiladi. Odatda tizimda bir-biriga öxşaş, ammo buyruqlar tilining imkoniyatlari bilan farq qiladigan bir neça buyruqli interpretatorlar mavjud böladi. Operasion sistema UNIX ning barça buyruq interpretatorlarining umumiy nomi-Şell (qobiq), çunki interpretator tizim yadrosining taşqi atrofini taşkil etadi.

Çaqirilgan buyruq interpretatori foydalanuvçiga oddiy buyruq yoki buyruqlar konveyeridan taşkil topgan buyruq qatorini kiritişni taklif etdi. Har bir buyruq bajarilib terminal ekraniga çiqarilgaç, Shell yana buyruq qatorini kiritişni taklif etadi va h.k. Uşbu jarayon işlatuvçi seansini tugatmagunça, ya’ni logout buyruğini kiritgança yoki Ctrl+d ni bosgaça davom etadi.

Operasioh sistemasi UNIXda işlatiladigan buyruq tillari juda oddiy, iste’molçi unda tez işlaşni boşlaşi uçun. Ammo murakkab dasturlarni yoziş uçun işlatiş mumkin bölgan darajada quvvatli hamdir. Oxirgi imkoniyat ixtiyoriy buyruqlar qatorlari ketma-ketligini özida saqlaşi mumkin bölgan buyruq fayllar mexanizmiga asoslanadi. Keyingi buyruq örniga buyruq faylini nomi körsatilganda interpretator faylini qatorma-qator öqib, ketma-ket buyruqlarni interpritasiya qiladi.

Foydalanuvçi imtiyozi. Operasion sistema UNIX yadrosi har bir foydalanuvçini uning interpretatori böyiça tekşiradi. U unikal qiymat bölib, tizimda registrasiya qilinayotganda unga beriladi. (UID). Bundan taşqari, har bir foydalanuvçi ayrim butun belgi bilan tekşiriladigan foydalanuvçilar guruhiga kiradi. (GID). Har bir registrasiya qilingan foydalanuvçi uçun UID va GID tizimning hisob fayllarida saqlanadi.

Sistema administratori ham registrasiya qilingan foydalanuvçi sifatida boşqa oddiy foydalanuvçilarga nisbatan katta imkoniyatlarga egadir. Operasion sistema UNIXda bu muammo UID bir belgisi (nolinçi) ning ajratib körsatilişi yordamida hal etiladi. Bunday UID ga ega foydalanuvçi Supervuser yoki root deyiladi. U ixtiyoriy faylga kiriş va ixtiyoriy dasturni amalga oşirişda çeklanmagan imkoniyatga ega. Bundan taşqari, bu foydalanuvçi tizimni töla boşqariş imkoniyatiga ega. U sistemani töxtaşi yoki buzib qöyişi ham mumkin.

UNIX dunyosida bunday super foydalanuvçi maqomini olgan kişi albatta nima qilayotganini aniq anglaşi kerak. U operasion sistemasi UNIX ning asosiy proseduralarini yaxşi bilişi şart. U sistemaning xavfsizligi, töğri işlatilişi, foydalanuvçilarning qöşilişi yoki çiqarilişi, doimiy fayllardan nusxa köçirişlar, va h.k.lar uçun javobgardir. Super foydalanuvçining yana bir xususiyati şundaki, u uçun foydalaniladigan resurslardan çeklovlar yöq. oddiy foydalanuvçilar uçun faylning maksimal hajmi, ajratilgan xotira segmentlarining maksimal soni, diskda ruxsat etilgan maksimal hajm va h.k. kabi çeklovlar örnatiladi. Super foydalanuvçilar bu çeklovlarnini boşqa foydalanuvçilar uçun özgartirişi mumkin, ammo unga bu ta’sir etmaydi.

Dasturlar. Operasion sistema UNIX şular bilan bir qatorda mavjud amaliy dasturlarni işlatiş va yangi qöllanmalarning işlab çiqişning operasion muhiti hamdir. Yangi dasturlar yangi tillarda yozilişi mumkin. Ammo operasion sistema UNIX muhitida standart dasturlaş tili bu SI tilidir. ( oxirgi paytlarda u SI++ aylantirilmoqda). Buning sababi şuki, UNIX tizimi SI tilida yozilgan va u ança sifatli standartlaştirilgan tillardan biridir.

Şuning uçun Si tilida yozilgan dasturlar töğri dasturlaş uslubi qöllanganda yuqori mobillarga ega, ya’ni ularni operasion sistema UNIX yoki boşqa qator operasion tizimlar boşqaruvida işlaydigan boşqa apparat platformalariga oson ötkaziş mumkin.

(M: DEC OPEN VMS va MS WINDOWS NT).

Ixtiyoriy bajarilayotgan dastur bir yoki bir neça ob’ekt fayllardan tuziladi. Şuning uçun dastur tuziş SI tilidagi tekstlarni saqlagan fayllarni yaratişdan boşlanadi. Bu fayllar özgaruvçi yoki funksiya özgaruvçilarning global nomlari, şu jumladan, taşqi nomlarga ssilkalarni ham öz içiga saqlaşi mumkin.

Tekst fayllarni UNIX muhitida qöllanadigan tekst redaktorlaridan birining yordamida tuziladi. Operasion sistema UNIX ning an’anaviy tekst redaktori Vi bölib, uning boşlanğiç naşri Bill Djo tomonidan işlab çiqilgan. Bu redaktor ança eski va deyarli barça terminallarda işlaşi mumkin.